Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin TIV rahbari: Biz toabad Amerikaning "kichik qora ukasi" bo‘lib qolmaymiz
Filippin tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasay uning mamlakati AQShning "kichik qora ukasi" bo‘lib qolishni istamasligini ma'lum qildi. Bu haqida The Diplomat nashri xabar berdi.
Yasayning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Manilani teng huquqli hamkor sifatida ko‘rishi kerak. Filippin TIV rahbari giyohvand moddalar sotuvchilari bilan kurashish usullarining tanqid qilinishiga izoh berar ekan, Qo‘shma Shtatlar uning mamlakatini inson huquqlari bo‘yicha Amerika standartlariga rioya qilishga majbur qilavermay, ularning harakatini tushunishga harakat qilishlari kerakligini ta'kidladi.
"Biz toabad Amerikaning kichik qora ukasi bo‘lib qola olmaymiz", - dedi u Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Tinch okeani forumida.
Shu tariqa Filippin tashqi ishlar vaziri AQShning sobiq prezidenti Uilyam Govard Taftning mustamlakachilik yillarida aytgan so‘zlariga javob qaytardi. Prezident bo‘lishidan avval Filippinning birinchi general-gubernatori (1901-1904) bo‘lgan Taft "kichik qora ukalar ingliz-sakson siyosiy tamoyillari va ko‘nikmalariga yaqin keluvchi biror nima ishlab chiqishi uchun AQShning qat'iy nazorati ostida 50 yildan 100 yilgacha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi", deb aytgan.
Joriy yilning bahorida hukumat tepasiga o‘tirgan Rodrigo Duterte mahalliy giyohvandfurushlar bilan shafqatsiz kurashishda davom etmoqda. Xususan, politsiya gumondorning yashirinish yoki qarshilik qilishga harakat qilayotganini ko‘rgan taqdirda, unga qarata o‘q ochish huquqiga ega. Politsiya xodimlari bu huquqdan foydalanib, so‘nggi oylarning o‘zida yuzlab giyohvandfurushlarni otib tashlashdi. Mahalliy huquq himoyachilari va xalqaro tashkilotlar bunday harakatlarni sud tashqarisidagi qotillik, deb hisoblab, bunda hukumatni ayblashmoqda.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026