Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyoramizda bo‘sh joylar ko‘pligini isbotlovchi va aksariyatni hayratga soluvchi 10 xarita
Insonlar yer yuzasida shunday notekis joylashganki, buni xaritalar misolida ko‘rib, ishonch hosil qilishingiz mumkin. Bunga ko‘pincha ko‘chishga yaroqsiz landshaft sabab bo‘ladi.
Sayyorada milliardlab kishilarga joy yetarli bo‘lsa-da, bu undagi odamlarga tabiiy resurslar ham yetarli ekanligini bildirmaydi. Bu xaritalarning asosiy maqsadi - bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz haqiqatdan qanchalik yiroqligini ko‘rsatish.
Xaritalarga nazar tashlang va biz bilan birga hayratlaning!
Mana bu xaritaga diqqat qiling: sariq rang bilan belgilangan joylarda yashovchi insonlar soni qora rangdagi mintaqalarda istiqomat qiladiganlar soniga tengdir.
Ushbu xarita esa aholi zichligi nisbatini sayyoramizning boshqa tomonidan ko‘rsatib beradi. Bunga ishonish qiyin, ammo ko‘k rang bilan belgilangan katta maydonlarda Yer sharining atigi 5 foiz aholisi yashaydi. Boshqa 5 foiz aholi esa qizil rangda belgilangan kichik "yer bo‘lagi"da istiqomat qiladi.
Italiya aholisining yarmi mamlakatning atigi 8 foiz hududida yashaydi. Buning asosiy sababi sifatida yarimorolning markaziy qismini tog‘lar egallagani ko‘rsatiladi.
Avstraliyada vaziyat undan-da ajoyib: taxminan 11 million kishi (aholining yarmi) qolgan mintaqaga nisbatan "mitti hudud"da istiqomat qiladi.
AQSh aholisining yarmi mamlakatning butun hududi bo‘ylab tarqalgan yirik shaharlarda yashaydi. Katta qizil dog‘ - aholi eng zich joylashgan Kaliforniya shtati.
Mamlakat maydonining taxminan 90 foizini tog‘lar egallagan, shu bois aholi tasarrufida atigi 10 foiz joy qolgan.
AQSh va Kanada o‘rtasidagi tarixiy chegara 49-parallel bo‘yicha o‘tgan, lekin kanadaliklarning yarmi bu paralleldan janubroqda - Oregonda istiqomat qiladi.
Turkiya relefi shahar qurilishi uchun noqulay tog‘lar va yassi tog‘lardan iborat. Shu bois aholini taqsimlash xaritasi ana shunday ko‘rinishga ega.
Saxara cho‘li - sayyoradagi eng odam oyog‘i yetmagan joylar. U Shimoliy Afrika mintaqasining katta qismini egallagan. Siz xaritada ko‘rib turgan ikki qizil hudud - bu Marokashning eng yirik shaharlari - Rabot va Kasablanka - shuningdek Misrdagi Nil daryosi atrofidagi hududlar.
Bu animatsiyalashtirilgan tasvirda esa bir necha xarita bittada jamlangan. Ularda Fransiya aholisi 10, 20 va undan ko‘proq foizlarda qanday hududni egallashi ko‘rsatilgan. Fransiya hududi aholi tomonidan deyarli to‘liq egallangan kam sonli mamlakatlardan biridir.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

12:29 / 09.07.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mlnga yetdi

12:10 / 30.05.2025
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi

09:50 / 24.05.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi aytildi

13:17 / 30.04.2025