Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Toshkent shahri prokurori lavozimini egallab kelgan Erkin Yo‘ldoshev Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Erkin Yo‘ldoshev
Toshkent shahri prokurori Erkin Yo‘ldoshev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Kun.uz’ning prokuratura organlaridagi manbasi buni tasdiqladi.
Avvalroq Erkin Yo‘ldoshev davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Erkin Yo‘ldoshev 2023 yil yanvardan beri poytaxt prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U muqaddam Toshkent prokuraturasida ishlagan, 2017 yil aprelida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Erkin Yo‘ldoshev 2023 yil 14 yanvar kuni prezident farmoni bilan «III darajali davlat adliya maslahatchisi» maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) olgan edi.
Mavzuga oid
12:48 / 19.05.2026
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
12:11 / 15.05.2026