Inson huquqlari böyiça Özbekistonning 2030 yilgaça bölgan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi”ga köra, uy-joyga muhtoj şaxslarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hamda ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy beriş tizimini takomillaştiriş böyiça quyidagilarni nazarda tutuvçi takliflar işlab çiqiladi:
- ijtimoiy uyda yaşayotgan har bir oilani mahalladagi ijtimoiy xodim va hokim yordamçisi tomonidan kompleks baholaş;
- faqat mehnatga layoqatli a’zolari bölmagan hamda “kambağal oilalar reyestri”da turgan oilalarga ijaraga ijtimoiy uy-joy beriş;
- kambağal oilalarning mehnatga layoqatli a’zosi işlaş şarti bilan uyni ijara oliş xarajatlarini qoplab beriş;
- kambağallikdan çiqqan oilalarning ipotekasiga maxsus subsidiya şartlarini qöllaş;
- köp qavatli uy-joylarining bir qismini ijtimoiy uy-joy fondiga ötkaziş.
Işlab çiqilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.












