“O‘zbekenergo” AJ Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 1 milliondan ortiq ko‘p funksiyali hisoblagichlarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasi uchun hisob-kitob intizomini mustahkamlash hamda elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari R.Rayimov va boshqalar mamlakatimizda energetika tarmog‘ini isloh qilish, elektr energiyasida yo‘qotishlarni kamaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Bunda elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimining joriy etilayotgani elektr energiyasi sarfini aniq hisoblash imkonini berayotir.
Bugungi kunda mazkur tizim Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. O‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakuniga ko‘ra, Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan “Elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kilovattga ulangan iste'molchilarning elektr energiyasi iste'molini hisobga olish tizimi ”loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Ayni paytda tajriba o‘tkazilayotgan hududlarda server uskunalari va hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. 2017 yil oxiriga qadar “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kilovattli elektr ta'minotidan foydalanayotgan maishiy, tijorat va sanoat iste'molchilariga 1 milliondan ortiq ko‘p funksiyali hisoblagichlarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
09:14 / 28.07.2020
«O‘zbekenergo» ma'muriy binosi savdoga qo‘yiladi
13:19 / 02.08.2019
Energoresurslar narxi nega oshirildi - Jamshid Qo‘chqorovdan javoblar
19:15 / 01.08.2019
«O‘zbekenergo» «O‘ztransgaz»dan qancha qarzdor?
22:31 / 30.04.2019