Energoresurslar narxi nega oşirildi - Jamşid Qöçqorovdan javoblar
|18:19 / 02.08.201975 36510 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
30 iyul kuni hukumat qarori bilan mamlakatda yoqilği, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli uçun narx va tariflar oşirildi.
Şu bilan birga, elektr energiyasi uçun bazaviy me'yor joriy qilinişi ma'lum qilinib, u avval belgilangan 300 kVt/soat.dan 250 kVt/soat.gaça tuşirilişi belgilandi. Ya'ni, uşbu me'yordan köp foydalanilgan energiya manbai narxi 1,5 baravar koeffitsiyentgaça bölgan miqdorda qayta hisoblanişi bildirilgan edi.
2019 yil 1 avgust kuni Özbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, «Öztransgaz» AJ va «Özbekenergo» AJ mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirning asosiy mavzusi energoresurslar narxi oşirilişi böldi.
Kiriş sözi bilan ma'ruza qilgan Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov energoresurslar narxini oşiriş borasidagi hukumat qarorining mazmun-mohiyati, uni qabul qilişning obektiv sabablarini izohlaşga harakat qildi. U bu qarorning iqtisodiyotga va odamlarning turmuş darajasiga qançalik ta'siriga doir fikrlarni bildirar ekan, ikki-uç yil avvalgi holatlarni xotirlagan holda misollar keltirib, öz sözlarini tasdiqlaşga urindi.
Şu bilan birga, u hukumat qarori ma'lum bir ma'noda yoqimli bölmasligini e'tirof etar ekan, bozor iqtisodiyotiga ötişni maqsad qilgan ekanmiz, narxlar ham erkin bölişi kerakligini aytdi.
«Narx-navoni oşiriş masalasi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi yoki boşqa bir idoraning xohiş-irodasi emas. Bu tabiiy jarayon. Agar biz bozor iqtisodiyotini qurmoqçi bölsak, hamma narxlar bozor bilan belgilangan bölişi kerak. Kimgadir u qimmatlik qiladi, kimgadir unçalik emas, boşqa bir fuqaro miqdorining farqi yöq. Bozor iqtisodiyotida narxlar erkin bölişi kerak», - dedi Jamşid Qöçqorov.
Uning aytişiça, bozor iqtisodiyotiga ötişning asosiy şartlaridan biri, bozordagi kabi toş-tarozu töğri bölişidir. «Agar, kimdir bir mahsulotni 8 ming sömga olsa-yu, boşqa bir kişi ayni şu mahsulotni 4 ming sömga olsa, demak, bu toş-tarozu buzuq bölgan»ini anglatadi, deya bir vaqtlar dollarning bir neça kursi bölganiga ham işora qilindi.
Mavzuga oid
Moliya vazirining bildirişiça, aslida energoresurslar narxini 1 iyundan oşiriş hamda bir kilovatt soat elektr energiyasi uçun 480 söm belgilaş rejalaştirilgan edi.
«Aslida, narxlar 1 iyundan kötarilişi kerak edi. Biroq, prezidentimiz narxni oşirişdan qaytardi. Davlatimiz rahbari bu borada zaxira bor-yöqligiga qiziqdi. Elektr energiyasini bir kVt/soat uçun 480 söm qilmoqçi edik. 2018 yil 15 noyabrda oşirganimizda ham davlat rahbari narx-navolarni bozorga moslaştirişda odamlarni qiynamasdan, bosqiçma-bosqiç oşiriş vazifasini yuklagan edi. Öşanda, tabiiy gaz narxi keskin oşirilgandi. Bu safar köproq elektr energiyasi oşirilmoqda. Bu qarorning boş tamoyili odamlarga oğirlik qilmaslik», - deya oydinlik kiritdi Jamşid Qöçqorov.
Uning ta'kidlaşiça, qaysidir joyda xato va kamçiliklar, muammolar bölsa, birgalikda hal etişga, fuqarolarni eşitişga Moliya vazirligi tayyor. Jamşid Qöçqorov bozor iqtisodiyoti talabiga köra, barça narx-navo erkin bölişi kerakligini aytar ekan, Özbekistonda bunday bölmayotganining sababiga ham töxtaldi.
«Bizda, mana şu monopoliyalarimizning narxlari nega erkin emas? Nasib bölsa, elektr energiyasi sohasi, neft-gaz sohasining hammasini xususiylaştiramiz. Bu sohalarda, davlat korxonasi qolmasligi kerak. Xuddi boşqa tadbirkorlik sub'yektlari singari mahsulotini bozorga çiqarib sotişi kerak. Bozor iqtisodiyotida hammaning maqsadi foyda oliş. Foyda taraqqiyotning moliyaviy bazasi. Busiz oldinga harakat yöq, heç kim kredit ham bermaydi, xorijdan investor ham kelmaydi. Qolaversa, dunyoning 99,9 foiz davlati bozor iqtisodiyoti yölidan rivojlanmoqda», - dedi Qöçqorov.
Uning qayd etişiça, bozor haqida gapirganiga ham sabablar bor, çunki narx-navo oşişi kabi jarayonlarni faqatgina bozor iqtisodiyoti bilan izohlaş mumkin. Tadbirda, şuningdek, spikerlar matbuot anjumanida iştirok etgan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Xususan, Jamşid Qöçqorov, aholi uçun elektr energiyaning bazaviy me'yori 300 kVt/soatdan 250 kVt/soatga tuşirilgani böyiça jurnalist savolini quyidagiça izohladi.
«Elektr energiyasidan foydalanişdagi bazaviy me'yorga kelsak. Biz Yunusobodda tajriba ötkazganimizda, bazaviy me'yorni tajriba qoidasi sifatida 300 kVt/soat qilib belgilagan edik. Sizga töğrisini aytaman, örtahol xonadonga bu me'yor juda köp. Agar biror oila oyiga 300 kVt/soat işlatsa, u elektr energiyasi narxi böyiça davlat yordamiga muhtoj bölmagan oiladir. Buni istalgan davlat tajribasidan körişingiz mumkin.
Özbekistonning viloyat, tuman markazlari, mayli qişloqlarda yaşaydiganlarni aytmaymiz, örtaça bir oila oyiga 80-120 kVt/soat işlatadi. Toşkentda esa, dunyoning barça poytaxtlari singari bu raqam köproqni taşkil etadi. Konditsionerlar, kir yuviş maşinalari, kompyuter va boşqa texnikalar bor. Şunday bölsa-da, 250 kVt/soatlik me'yor ham köp», - dedi Jamşid Qöçqorov.
Tadbirda qatnaşgan Kun.uz muxbiri ham mavzuga doir savollar bilan murojaat qilişdi.
- «2018 yil 15 noyabrida gaz narxi 107 foizga oşirilgani holda, elektr energiyasi narxi 45 foizga kötarilgani sababli yuqorida aytilgan bozor toş-tarozusi buzilganini köriş mumkin. Ya'ni, bizdagi ma'lumotlarga köra, «Özbekenergo» «Öztransgaz»dan bugungi kunda 1 trln 300 mlrd sömdan ortiq qarzdor. Bu «Özbekenergo»ning moliyaviy ahvoliga qançalik jiddiy ta'sir körsatadi?»
«15 noyabrda narx-navo oşirilganda, gaz narxi keskin oşirilgani ma'lum bir ma'noda ta'sir qilgan bölişi mumkin. Biroq, narx-navo oşirilişi bir bosqiçli jarayon emasligini özlaringiz ham körib turibsiz. Hozirgi kunda «Özbekenergo»ning «Öztransgaz»dan 1 trln 350 mlrd söm qarzi bor. Bir oyda 1 trln sömlik gaz xarid qiladi. Şundan kelib çiqib, taxminan 40 kunlik iste'moli uçun qarzi bor. Bu raqam kattami-kiçikmi, degan savolni men oçiq qoldiraman.
Savolingizga javobim şuki, bu bir bosqiçli savol emas. Bu safar elektr energiyasi narxi köproqqa oşirildi va bu öz örniga tuşadi. Şu bilan birga, «Özbekenergo» gaz narxi noproporsional oşirilganidan qiynalib qoldi, deyiş notöğri. Biroq, şu vaqtgaça ham katta daromad körib kelgan kompaniya ham emas. Agar şunday bölganida, uning çet el kreditlarini tölaşga biz yordam bermagan bölar edik», - dedi Moliya vaziri.
- «Narx-navo oşirilişida nosoğlom moliyaviy holat rökaç qilinadi. Şu holatga tuşişga mas'ul rahbarlarga qanday çoralar körildi?»
«Men bu haqda öylab körmagan ekanman. Avvallari ham narx-navoni keskin oşirgan vaqtlarimiz bölgan. 40 foizgaça oşirilgan. Lekin, boya aytganimdek, toş-tarozu buzuq tizimda narxni oşiriş-oşirmaslikning farqi yöq. Misol uçun, 3-4 yil avval maşina narxini oşirardik, biroz vaqtdan söng, «qora bozor»dagi dollar narxi kötarilişi bilan yana avvalgi holiga kelardi», - dedi Jamşid Qöçqorov.
- «Öztransgaz» tizimida yöqotiş 30 foizgaça ekani aytildi. Bu raqamlarda korrupsiya uluşi qança? Xalq orasida gap yuradi-ki, issiqxona va ğişt zavodi kabi tabiiy gazdan foydalanuvçi ayrim nopok iste'molçilar xodimlar bilan kelişib olişadi».
«Öztransgaz»dagi yöqotişlar xususida gapiradigan bölsak, 30 foizlik raqam Yangiyölga tekşirişga borganimizda aniqlandi. Uning içida korrupsiya uluşi qança, degan savolga aniq bir javob beriş qiyin. Albatta, bu narsa bor», - dedi Moliya vaziri.
Uning ta'kidlaşiça, fuqarolar ham korrupsiya holatlariga barham berişda yordam berişi kerak.
«Endi bu tizimlarda korrupsiyaga qarşi kuraşda davlat bir tomon, fuqarolar bir tomon bölsa natijaga erişib bölmaydi. Odamlar bu işni qilmasligi kerak. Ular ham tölaş madaniyatini örganişlari kerak. Ikkinçidan, gazning texnologik yöqotişida uning bosimi juda muhim. Çunki, hisoblagiçlar, gazning ma'lum bir belgilangan bosimida kelişiga moslaştirilgan. Gaz bosimi past bölsa, u işlamaydi», - dedi Jamşid Qöçqorov.
Ta'kidlaş örinliki, Boş vazir örinbosari, şuningdek, tadbir davomida noreal qarzdorlik xususida ham fikrlarini bildirdi. Ma'lum qilinişiça, bugungi kunda «Öztransgaz»ning debitorlik qarzdorligi 3 trln söm bölib, şundan 1,2 trln sömi noreal qarzdorlikdir. Vazirning sözlariga köra, «Özbekneftegaz» bilan boğliq restruktrizatsiya jarayoni yakunlangaç, mazkur noreal qarzdorlik masalasiga qaytiladi. Uning taxmin bildirişiça, alaloqibat noreal qarzdorlik bekor qilinişi ehtimol.