Vazirlar Mahkamasining “Toşkent şahridagi davlat mulki obektlariga investitsiyalarni jalb etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi sobiq “Özbekenergo” AJ ma'muriy bino inşootlarini yaxlit holda savdoga qöymoqda.
“Davaktiv” xabariga köra, Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Istiqlol köçasi, 6-uyda joylaşgan yaxlit bino-inşootlarning boşlanğiç narxi 85 012 644 286,1 söm.
Obektning investitsiya majburiyati yirik megapolislarda qöllaniladigan şaharsozlikning ilğor namunalari, zamonaviy quriliş me'yorlari va me'moriy yeçimlarini özida aks etgan, kamida 200 örinli zamonaviy mehmonxona, savdo majmuasi hamda köngiloçar xizmat körsatiş markazini barpo etiş.
Bu yerda mavjud bino va inşootlarni buziş hisobiga belgilangan tartibda yangi binolarni qurişga ruxsat beriladi. Tanlov ğolibi – taşqi dizayn va quriliş loyihasini Quriliş vazirligi bilan kelişişi lozim.
Tanlovda iştirok etiş uçun arizalar “E-ijro auksion” elektron onlayn auksion savdo maydonçasi orqali qabul qilinadi. Talabgor “Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga obektni sotib oliş qiymatining 5 foizidan kam bölmagan miqdorida zakalat puli kiritişi lozim böladi.
Şuningdek, tanlovda iştirok etiş uçun topşiriladigan tegişli hujjatlar bilan birga loyihani amalga oşiriş konsepsiyasi ham taqdim etilişi lozim.
Talabgorlardan kelib tuşgan takliflar umumlaştirilgan holda körib çiqiş va tegişli qaror qabul qiliş uçun Davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça davlat komissiyasiga kiritiladi.

















