Jahon | 00:36 / 17.09.2016
7582
1 daqiqa o‘qiladi

"Gazprom" va Total Boliviyada yangi konni ishga tushirdi

Rossiyaning "Gazprom" va Fransiyaning Total kompaniyalaridan iborat konsorsium Boliviyadagi "Inkauasi" tabiiy gaz konini ishga tushirdi. 

"Inkauasi" Boliviyada ishga tushirilgan eng yirik gaz va kondensat konlaridan biridir. Uning ishlab chiqarish quvvati kuniga 50 ming barrelga baholanadi. Konning tabiiy zaxiralari bugungi kunda 70,8 mlrd kub metr gaz va 4,8 mln tonna suyuq kondensatga baholangan.

Qazib olingan gaz Boliviyaning ichki bozoriga yetkaziladi hamda Argentina va Braziliyaga eksport qilinadi. Konning o‘zlashtirilishi bilan Total E&P Bolivie (50 foiz), Gazprom International (20 foiz), TecPetrol de Bolivia (20 foiz), YPFB Chaco (10 foiz) shug‘ullanadi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid