Boliviyada mamlakat harbiy-havo kuçlariga tegişli, Markaziy bank pulini taşiyotgan yuk samolyoti avtomobil şossesida halokatga uçraşi natijasida ön beş kişi halok böldi. Bu haqda 28 fevral, şanbaga ötar keçasi mahalliy hokimiyatlarga tayangan holda axborot agentliklari xabar qildi.

Lockheed C-130 Hercules samolyoti El-Alto aeroportiga (mamlakat poytaxti hisoblanadigan La-Pas şahri yaqinida joylaşgan) Boliviya Markaziy banki bölimlarida almaştiriş uçun möljallangan yangi banknotlarni olib kelgan. Qönişdan söng samolyot uçiş-qöniş yölagidan çiqib, yaqin atrofdagi şosse yöliga çiqib ketgan va bir neçta avtomobilga zarar yetkazgan. Samolyotdagi kupyuralar halokat joyi atrofiga soçilib ketgan. Hodisaning aniq sabablari hozirça ma’lum emas.

Mahalliy OAV qutqaruvçilarga tayanib xabar qilişiça, halokat qurbonlari kamida 15 nafarni taşkil etadi.

Hodisa joyida politsiya ham işlamoqda: guvohlar samolyotdan tuşib ketgan pullarni yiğib olişga uringan. Huquq-tartibot idoralari ularga qarşi közdan yoş çiqaruvçi gaz va yonğin maşinalaridan suv qöllagan.

Boliviya Markaziy banki raisi David Espinosa qulagan samolyotdan tuşib ketgan pullar hali mamlakat hokimiyati tomonidan röyxatdan ötkazilmagani uçun haqiqiy emasligini ta’kidladi. U mahalliy aholini ularni qaytarişga çaqirdi va bunday kupyuralarni özida saqlaş jinoyat deb baholanişini qöşimça qildi. Espinosa, şuningdek, samolyot Boliviyaga çet eldan uçib kelganini aytdi, ammo taşilgan mablağ miqdorini aniqlamadi.

Samolyot halokatidan söng Boliviya hokimiyati El-Alto aeroportidagi barça reyslarni vaqtinça töxtatdi.