Insonlar sayohat qilişdan boş tortişlarining asosiy sabablaridan biri - mablağ yetişmasligi. Aksariyat insonlar buning uçun juda köp mablağ talab etiladi, degan fikrdalar, biroq maşhur sayyoh Mettyu Kepnesning tajribasi bunday emasligini isbotlaydi. 

"Köçmançi Mett" nomi bilan tanilgan Mettyu Kepnes - amerikalik sayyoh, bir neça bestsellerlar muallifi, bloger. New York Times, CNN, National Geographic, Huffington Post, The Wall Street Journal va BBC naşrlarida maqolalari çiqqan. 

U 10 yil avval zerikarli kotiblik kasbini taşlab, dunyo böylab sayohatga yöl olgandi. Öşandan beri Mett deyarli 80 mamlakatda böldi va professional sayohatçiga aylandi. Endilikda u öz tajriba va könikmalarini boşqalar bilan bölişmoqda. Uning yangi kitobi "Qanday qilib kuniga 50 dollar sarflab dunyo böylab sayohat qiliş mumkin" deb nomlangan. Quyida uşbu kitobdan keltirilgan tavsiyalar bilan bölişamiz. 

1. Çipta va mehmonxonalarni juda erta band qilmang

Aksariyat yoş sayyohlar çipta va mehmonxonalarni qançalik erta band qilsang, şunçalik arzonga tuşadi, deb öylaşadi, biroq bu qoida har doim ham iş beravermaydi. Mettyu Kepnes aviaçiptalarni jönaşdan 3-4 oy oldin buyurtma qilişni tavsiya qilmaydi. Agar siz kruiz yoki paket tur rejalaştirgan bölsangiz, u holda oxirgi daqiqalargaça kutiş kerak. 

"Sayyohlik kompaniyalari barça joylarni töldirib, yöllanmalarni sotişi kerak, şu bois ular ba'zan misli körilmagan narxlar taklif etişadi".
Mettyu Kepnes

2. Sayyohlik joylari yaqinida ovqatlanmang

Aksariyat sayyohlar maşhur obidalar yoki diqqatga sazovor joylar yaqinida harakatlanişadi. Bu yerda odatda öziga xos ekzotika bilan sayyohlar e'tiborini jalb qiluvçi köplab restoranlar va kafelar joylaşgan böladi. 

Heç qaçon ana şunday joylarda tamaddi qilmang! Badavlat mijozlar oqimi bunday maskanlar xodimlarni  örgatib qöyadi va aynitadi, bu esa taomlar sifati hamda narxiga salbiy ta'sir körsatadi. Boy-badavlat sayyohlar taomlarni şundayligiça yeyaversa, bundan ortiq harakatga ne hojat?!