Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga sayohat uchun kelayotganlar orasida Rossiya fuqarolari yetakchilik qilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida qariyb 1,4 million chet el fuqarosi sayohat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 506 ming nafarga ko‘pdir.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida sayohat maqsadida O‘zbekistonga qariyb 1,4 million nafar chet el fuqarosi kelgan.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, joriy yilning shu davrida sayohat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 506 ming nafarga oshgan.
Joriy yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga sayohat uchun kelgan chet el fuqarolari quyidagi davlatlardan bo‘lgan:
- Rossiya — 269 158 nafar;
- Turkmaniston — 193 635 nafar;
- Qozog‘iston — 143 898 nafar;
- Xitoy — 117 864 nafar;
- Qirg‘iziston — 114 005 nafar;
- Tojikiston — 84 696 nafar;
- Turkiya — 50 976 nafar;
- Italiya — 32 635 nafar;
- Hindiston — 32 254 nafar;
- Germaniya — 29 632 nafar;
- Koreya — 26 832 nafar;
- AQSh — 23 630 nafar;
- boshqa davlatlar — 255 855 nafar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya, Turkmaniston va Qozog‘iston fuqarolari O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelayotganlar orasida eng katta ulushni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p korxona qaysi davlatlarga tegishli?
11:32 / 24.03.2026