Jahon | 18:23 / 17.09.2016
9799
2 daqiqa o‘qiladi

Putin AQSh bilan Suriya bo‘yicha kelishuvni e'lon qilish tarafdori

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Suriya bo‘yicha kelishuvni nima uchun  oshkor etmayotganiga oydinlik kiritdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Oshkor qilishni xohlamayotganlarining sababi, menimcha shundaki, bu holda Amerika, Rossiya va umuman jahon jamoatchiligi uchun kim nimani bajarmayotgani fosh bo‘ladi», — degan Putin.

Uning aniqlik kiritishicha, AQSh terrorchilarni sog‘lom fikrli muxolifatdan ajratish bo‘yicha majburiyatini bajarganicha yo‘q. 

Shu bilan birga, Putin qo‘shimcha qilganidek, Rossiya Suriya bo‘yicha kelishuvlar borasida ijobiy kayfiyatda. 

«Biz, tabiiyki, kelishuvlarni oshkor qilmaymiz. Chunki, amerikalik hamkorlarimiz bunga rozilik bildirishmayapti. Odatda, Suriya inqiroziga o‘xshash masalalar yuzasidan diplomatik darajada kelishuvga erishilganda shunday yo‘l tutiladi. Yana takrorlayman, biz salbiydan ko‘ra ko‘proq, ijobiy fikrdamiz. Shunga ko‘ra, Amerika ma'muriyati bergan va'dalar ijro etilishiga ishonamiz», — degan davlat rahbari.

Mavzuga oid