Shu kunlarda Kolumbiyada futzal bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Portugaliyaliklar bahsda yirik - 5:1 hisobida g‘olib keldi.
Shu sabab Portugaliya termasi keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘zbekistonlik futzalchilar esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Portugaliya - O‘zbekiston — 5:1
Gollar: Rikardinyu (9, 13, 21), Andre (25), Jo (34) - Rikardinyu (11, avtogol)
manba:tribuna.uz