35 yoshli futzalchi O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari (2021 yil) bo‘lgan. Shuningdek, legioner sifatida Xitoyda o‘ynab, chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Rahmatov O‘zbekiston milliy jamoasida 2010-2024 yillar davomida o‘ynagan va 2 marta jahon chempionatida qatnashgan. Shuningdek, Dilshod 6 bor Osiyo kubogida o‘ynab, barchasida sovrindor bo‘lgan — 2 kumush, 4 bronza.














