Sport | 20:43 / 18.09.2016
8848
1 daqiqa o‘qiladi

Klopp o‘yinchilarni quchoqlashi odatiga izoh bildirib o‘tdi

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z shogirdlarini o‘yinlardan keyin quchoqlashni an'anaga aylantirgani bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Menga shu ishni qilish yoqadi. Rostini tan olish kerak, men o‘z futbolchilarimdan juda ko‘p ishni bajarishni talab qilaman. Ular maydonda qanday jang olib borishini, oxirgi kuchlarini maydonga tashlab chiqishini chindan ko‘rsangiz, mening ularni quchib qo‘yishim ularning mehnatiga arzimas bir minnatdorchilik ekanini ham ko‘rasiz.

Bu ishim ularni mamnun qilishini bilaman. Men ular kiyim almashtirish xonasiga tabassum bilan kirishini istayman. Ularni xursand ko‘rish yoqimli.

Bizda barchasi yaxshi ketmoqda. Biz bir butun bo‘lib yig‘ilganmiz, bu yo‘lni birgalikda bosib o‘tishni istaymiz», – degan Klopp.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid