Yevrofutbol hal qiluvçi pallalarga yaqinlaşib kelmoqda. Bir neça kun oldin yevrokuboklarda yarimfinal uçun jiddiy töqnaşuvlarni kuzatgan bölsak, bugundan ligalarda ham xoh çempionlik kuraşi bölsin, xoh ligada jon saqlab qoliş uçun kuraş bölsin, murosasiz bahslarning guvohi bölamiz.

 9 aprel (şanba)

APL. 31-tur

EVeRTON – MANÇeSTeR YuNAYTeD

Öyin boşlaniş vaqti: 16:30

TV-translatsiya: FutbolTV

Iftorlikkaça vaqtni qanday ötkazişni bilmay turgan muxlislarni «Guddison Park»da ajoyib bahs kutmoqda. Bu jamoalar sizni şiddatli kombinatsiyalar va gollar bilan xuşnud qila olmagan taqdirda ham, heç bölmasa, biroz uxlab olişingizga kafolat beradilar.

«Everton» ötgan turda ligada jon saqlab qoliş uçun kuraşayotgan asosiy raqibi «Byornli»dan yutqazib qöydi va endi Lempard şogirdlarini xavfli zonadan atigi 1 oçko ajratib turibdi. Liverpulliklar bu turdan keyingi öyinlarni ikki marta «Lester», «Çelsi» va «Liverpul»ga qarşi ötkazadi. «Byornli»ning ertaga «Norviç» bilan öynaşini e’tiborga olsak, hatto şu haftadan keyin jamoa 18-poğonaga tuşib qolişi mumkin. Sönggi beş yilda transferlar uçun ba’zi top-6 jamoalaridan ham köp pul sarflagan klub uçun bu juda katta muvaffaqiyatsizlik.

Şu tufayli öziga yaraşa muammolarga ega bölgan «Yunayted» bilan öyinda «Everton» faqat ğalaba uçun öynaşi tabiiy. Töğri, uç yildan beri «Everton» mançesterliklarni yuta olmayapti, ammo birinçi davrada «Old Trafford»da durang qayd etilgani, umuman Rangnik jamoasi har qanday raqibga qarşi ham muammolarga duç kelayotganini e’tiborga olsak, mezbonlarda yetarliça imkoniyat böladi.

Foto: Getty Images

Buning ustiga keçagi matbuot anjumanida «MYu» murabbiyi tarkibda ham muammolar borligini ta’kidlab ötdi. Xususan, Kavani, Şou, Varan va Maktominey kabi futbolçilarning maydonga tuşa olmasliklari aniq. Lyuk Şou umuman oy oxirigaça safdan çiqqani aytilmoqda. Ammo «Lester»ga qarşi öyinni ötkazib yuborgan Kriştianu Ronaldu bugungi uçraşuvga tayyor. Mezbonlar tarkibida ham yöqotişlar kam emas. Tausend va Patterson mavsum oxirigaça safdan çiqqan, Deyvis va Minada ham jarohatlar bor. Andre Gomeşning şeriklariga yordam berişi ham söroq ostida qolmoqda.