22:11 / 19.02.2017
11161

APLning yetakchi murabbiylari o‘ta muhim lavozim uchun da'vogar bo‘lib turibdi

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda «Barselona» jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.

Mirror xabariga ko‘ra, u kataloniyaliklar jamoasiga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatining eng yuqorisida turibdi.

BBC xabariga ko‘ra esa Kloppdan tashqari, short-listda «Everton»ning niderlandiyalik bosh murabbiyi Ronald Kuman hamda «Tottenhem» ustozi Maurisio Pochettino ham bor.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, «Barselona»ning amaldagi bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum yakunida iste'foga chiqariladi. Jamoa «PSJ»ga YeChLning nimchorak finali doirasidagi birinchi uchrashuvda 0:4 hisobida yutqazdi va turnirda ishtirok etish imkonini deyarli yo‘qqa chiqardi. Primerada ham jamoaning ishlari joyida emas, «Barsa» «Real»dan 2ta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda 1 ochko ortda qolmoqda.

Klopp ham, yuqorida keltirilgan boshqa nomzodlar ham ispan grandi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirmadi.

Mavzuga oid
Top