Eronliklar AQShning Suriya harbiylarini o‘qqa tutishi xatolik tufayli ro‘y berganiga ishonmayapti
Tehrondagilarning ishonch bilan aytishicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiya Dayr-az-Zorga aviazarba berishi xatolik tufayli ro‘y bermagan. Eron parlamenti raisining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Husayn Amir Abdullaxon bugun shunday fikr bildirgan. Uning so‘zlari Irna agentligi tomonidan keltirilgan.
"Oq uy Suriyani kuchsizlantirish va hududdagi jangarilarning pozitsiyalarini mustahkamlash uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi", degan u.
Abdullaxonning qayd etishicha, "AQShning Suriya havo kengliklarida harakatlanishi bu borada Damashq bilan kelishmagani tufayli xalqaro huquqning buzilishi" hisoblanadi.
Siyosatchi "Rossiya Suriya masalasidagi AQSh bilan kelishuvining amaliyotini tekshirishi" kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari 17 sentabr, shanba kuni Suriya armiyasining Dayr-az-Zor shahri yaqinidagi marralariga to‘rtta aviazarba bergani, natijada 62 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lib, yuzga yaqin kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi. Bu hujumda amerikaliklar bilan birga avstraliyaliklar va daniyaliklar ham ishtirok etgan.