
10 fevral kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Vaşingtonga şoşilinç taşrif bilan yöl olgan. Uning taşrifi haqidagi e’lon – Tramp maxsus vakillari Ummonda Eron taşqi işlar vaziri bilan yadroviy kelişuv yuzasidan muzokara ötkazganidan bir kun ötib yangradi.
Aslida Netanyahu 18 fevral kuni Oq uyda Tramp bilan uçraşişni rejalaştirgan edi. Oq uy rasmiysining Axios naşriga aytişiça, Netanyahu juma kuni taşrifini bir haftaga oldinga suriş va kelasi çorşanba kuni Tramp bilan uçraşişni söragan.
Şu bilan birga Netanyahuning Vaşingtonga erta kelişi unga – 19 fevralga rejalaştirilgan Ğazo böyiça Tinçlik kengaşi yetakçilari yiğilişida qatnaşmaslik imkonini ham beradi. Bu tadbir Netanyahuning içki siyosiy maydonida keskin bahs-munozaralarga sabab bölişi mumkin edi.
Tramp juma kuni Ummonda AQŞ va Eron örtasida «juda yaxşi muzokaralar» bölganini aytgan. Uning aytişiça, Eronning yadroviy kelişuv böyiça pozitsiyasi ötgan yilga qaraganda «yanada maqbulroq» bölib qolgan.
Naşrning yozişiça, Isroil Trampning qaroriga ta’sir qilmoqçi. Xususan, boş vazir Netanyahuning fikriça, «har qanday muzokaralar Eronning ballistik raketalariga çeklovlar qöyilişini va Eron öqini qöllab-quvvatlaşiga barham berilişini öz içiga olişi lozim».

Muzokaralar fonida Trampning maxsus vakillari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff şu hafta Abraham Lincoln aviatsiya taşuvçisiga taşrif buyurmoqçi. Eron yaqinidagi Arab dengizida joylaşgan kemaga AQŞ Markaziy qömondonligi qömondoni admiral Bred Kuper ham boradi. U ham juma kuni Eron bilan muzokaralarda qatnaşgandi.
Abraham Lincoln aviatsiya taşuvçisi va uning zarba beruvçi guruhi Eronga qarşi ehtimoliy uruşda AQŞning asosiy zarba kuçi bölişi mumkin.
Tramp Ğarbiy sohil anneksiyasiga rozi emas
AQŞ prezidenti Donald Tramp esa bosib olingan Ğarbiy sohilda Isroil tomonidan anneksiya tomon taşlanayotgan qadamlarni qöllab-quvvatlamasligini aytdi. Seşanba kuni Trampning Axios naşriga bergan intervyusida yangragan bu bayonot Isroil de-fakto anneksiya sari qadam böladigan yangi siyosatni ilgari surganidan bir neça kun ötib bildirildi.
Tramp tafsilotlarga izoh bermadi, biroq: «Men anneksiyaga qarşiman», dedi. «Bizda hozir öylaşimiz kerak bölgan yetarliça masalalar bor. Biz Ğarbiy sohil bilan şuğullanişimiz şart emas», deya Trampning sözlarini keltirmoqda naşr.
AQŞ rasmiylari ham Isroil kabineti qaroridan xavotirda ekanini va uning oqibatlari hali örganilayotganini bildirgan. «Osoyişta Ğarbiy sohil – Isroil xavfsizligini ta’minlaydi va mintaqada tinçlikka erişiş böyiça uşbu ma’muriyat maqsadlariga mos keladi», degan Oq uy vakili.
Isroil Ğarbiy sohilda nimalarni reja qilyapti?
8 fevral kuni Isroil Xavfsizlik kabineti tomonidan ma’qullangan çoralar Ğarbiy sohil ustidan Isroil nazoratini sezilarli darajada kengaytiradi, jumladan, Falastin ma’muriyati nazoratidagi hududlarda ham.

Oslo kelişuvlarini buzadigan bu qadamlar yahudiy köçmançilariga Ğarbiy sohilda yer sotib olişni osonlaştiradi. Şu bilan birga Falastin ma’muriyati yurisdiksiyasidagi hududlarda Isroil politsiyasiga uylarni buzişni yengillaştiradi. Şuningdek, ular Falastin davlatini barpo etiş istiqbollarini yanada yemiradigan boşqa çoralarni ham öz içiga oladi.
Isroil hukumatining bu qarori Tramp va uning vakillari Jared Kuşner hamda Stiv Uitkoffning sörovlarga zid keladi. Ular dekabrdagi uçraşuvda boş vazir Binyamin Netanyahudan Ğarbiy sohildagi vaziyatni keskinlaştirmaslikni söragandi.
Netanyahuning Vaşingtonga taşrifi çoğida Tramp jamoasi uşbu mavzuni kötaradimi-yöqmi — hozirça aniq emas.











