Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google, Yahoo! va Microsoft Hindistonda homila jinsini aniqlovchi xizmatlar reklamasini bloklab qo‘yadi
Tarkibiga Google kompaniyasi kiruvchi Alphabet xoldingi, Yahoo! va Microsoft kompaniyalari qidiruv tizimlarida homila jinsini u tug‘ilgungacha aniqlashda yordam beruvchi xizmatlar reklamasini bloklaydi. Bunday choralar Hindistondagi jinsiy tengsizlik muammolarini yechishga qaratilgan qonunchilik bilan bog‘langan.
Avvalroq Hindiston oliy sudi global qidiruv tizimlarini mahalliy qonunlarni buzishda ayblagandi. Mamlakat hukumati internet-korporatsiyalarni agar ular Hindiston bozori qoidalari bo‘yicha ishlashdan bosh tortsalar, bu kompaniyalar faoliyati to‘xtatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Sud shuningdek jinsni aniqlash bilan bog‘liq butun kontentning ilgari surilishini bekor qilishga urinmoqda.
Bunday xizmatlar Hindistonda 1994 yildan taqiqlangan. Bu taqiqlov agar homila jinsi qiz bo‘lsa, abortlar qilinishi bilan bog‘langan. Hindistonda shuningdek qizlarning erta yoshida o‘ldirilishlari eng ko‘p miqdorda ekanligi qayd qilingan.
Hindistonlik ota-onalar o‘g‘il farzand ko‘rishni istashadi, chunki ularga familiyani berish va ular ishonchliroq boquvchilar hisoblanadilar.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026