Jahon | 12:11 / 19.09.2016
11505
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shvetsiya razvedkasi Rossiya tahdidining yuqoriligidan ogohlantirmoqda

Foto: Sören Andersson/TT

Shvetsiya hukumatining fikricha, Rossiya tomonidan yuqori darajali tahdid mavjud. Mamlakatning harbiy va razvedka doiralari shunday qarashlarni ilgari surmoqda. 

Dagens nyheter nashrining yozishicha, tahdidlar «milliy xavfsizlik uchun muhim ahamiyatga ega» deya tavsiflanmoqda. Bunda, xavf-xatarlarning turiga oydinlik kiritilmagan. 

Shu bilan birga, nashrning yozishicha, Boltiq dengizidagi Gotland oroliga doimiy tartibda shved harbiylari qaytadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid