Jahon | 09:23 / 19.09.2016
4303
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada davlat dumasiga saylovlarda saylovchilarning 47,55 foizi ishtirok etdi

Foto: TACC

Rossiyada davlat dumasiga saylovlarda saylov uchastkalari komissiyalari bayonnomalarining 50 foizi ishlangandan olingan natijalarga ko‘ra, 47,55 foiz saylovchilar ishtirok etgani ma'lum bo‘ldi. Ovoz berish natijalari Rossiya markaziy saylov komissiyasi axborot tablosida berib borilmoqda.

2011 yildagi saylovlarda saylovchilarning ishtirok etishi 60,21 foizni tashkil qilib, 65 mln 774 ming 462 kishi ovoz berishda ishtirok etgan.

Davlat dumasiga saylovlar aralash tizim bo‘yicha o‘tkazildi: 225 deputat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha, 225 deputat esa bir mandatli okruglar bo‘yicha saylandi. Saylovlarda hammmasi bo‘lib 103 ming nomzod ishtirok etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid