Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Bred Pitt va Anjyelina Joli juftligi ajrashmoqda
G‘arb ommaviy axborot vositalarida Hollivudning mashhur juftligi Bred Pitt va Anjyelina Joli ajrashish jarayonini boshlagani to‘g‘risidagi xabar paydo bo‘ldi. Inquisitr nashrining ma'lum qilishicha, juftlikning munosabati Pittning aktrisa Marion Kotiyyar bilan ishqiy sarguzashtlaridan keyin barham topgan.
Bundan tashqari, Pitt o‘tgan oyda turmush o‘rtog‘i bilan to‘yining ikki yilligini ham nishonlamagan. Manbaga ko‘ra, buning o‘rniga u do‘stlari davrasida Xorvatiyada dam olgan. Ta'kidlanishicha, aktyorning yaqin kunlarda Adriatika dengizi sohillaridan uy xarid qilish rejasi uning Joli bilan ajrashish niyatida ekanligini yana bir bora tasdiqlaydi.
Pitt va Joli juftligi 2014 yilning 23 avgustida Fransiyada rasman nikohdan o‘tgan. Ularning 6 nafar farzandi bor - 15 yoshli Meddoks, 12 yoshli Paks, 11 yoshli Zaxara, 10 yoshli Shaylo, 8 yoshli Viven va Noks.
Mavzuga oid
08:48 / 07.11.2025
Politico: Joli Ukrainaga tashrifini oldindan bildirmagan, chegaradan piyoda o‘tgan
10:21 / 06.11.2025
Aktrisa Anjyelina Joli Xersonga tashrif buyurdi
16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi
14:12 / 13.02.2025