O‘zbekiston | 11:30 / 20.09.2016
10936
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo harorati hafta davomida +39 darajaga chiqishi mumkin

Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, joriy hafta oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati 36-37 darajaga yoki undan ham yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida kunduzgi harorat +39 darajaga chiqishi, tunda esa +15-20 darajasida qolishi kutilmoqda. 

Toshkent viloyatida havo harorati +36 darajani tashkil etadi.

Mavzuga oid