Fan-texnika | 23:40 / 21.09.2016
4923
1 daqiqa o‘qiladi
Apple sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olmoqchi
AQShning Apple kompaniyasi "Formula-1" avtopoygasi jamoasi egasi va sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi britan kompaniyasi McLaren Technology Group’ni sotib olmoqchi. Bu haqda The Financial Times nashrining elektron versiyasi ma'lum qildi.
Nashrning ta'kidlashicha, "Apple’ning McLaren’ni sotib olishi mumkinligi uning avtomobil sanoatini o‘zgartirishga intilishidan darak beradi". Xarid bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri olib borilmoqda.
Apple va McLaren bu xususda rasmiy izoh berishni istashmadi.
Ziyon ko‘rayotgan McLaren muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, 1,3-1,95 mlrd dollarga baholanishi mumkin.
Mavzuga oid
22:30 / 02.11.2024
Apple Globalstar sun’iy yo‘ldosh kompaniyasiga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritadi
00:17 / 31.10.2024
Apple M4 chipi o‘rnatilgan Macbook Pro’ni taqdim etdi
19:39 / 29.10.2024
Apple M4 chipli yangi iMac kompyuterini taqdim qildi
17:03 / 29.10.2024