Tezkor iOS 27 va Siri çat-bot sifatida - Apple taqdimoti
|23:12 / 09.06.20262 8566 min
Apple WWDC 2026 konferensiyasini öz operatsion tizimlari va xizmatlarining yangi versiyalarini taqdim etiş bilan oçdi.
Foto: AppleFoto: Apple
Asosiy yangiliklar iOS 27, sun’iy intellekt asosida töliq qayta işlangan Siri va Apple Intelligence’ning keyingi avlodi bölib, kompaniya uni barça qurilmalariga çuqurroq integratsiya qilgan.
Tezkor iOS 27 va yuqori moslaşuvçan dizayn
Apple’ning ta’kidlaşiça, asosiy e’tibor tizimning tezligi va foydalaniş qulayligiga qaratilgan. Jumladan, iOS 27 da ilovalarni işga tuşiriş 30 foiz gaça tezlaşdi, suratga olingandan söng yangi suratlar 70 foizgaça tezroq paydo böladi, AirDrop orqali fayllarni uzatiş esa 80 foizgaça tezlaşdi.
Kompaniya Liquid Glass dizaynini ham yaxşiladi. Foydalanuvçilar sozlamalardagi yangi surgiç yordamida interfeysning şaffoflik darajasini mustaqil ravişda sozlaşi mumkin böladi. Bundan taşqari, Apple piktogrammalarning taşqi körinişini yangilab, ularni yanada aniq va ifodali qildi.
Mac’da kompaniya klassik dizayn elementlarini qisman qaytardi: ilovalarning yuqori panellari, yon menyular va yon panellardagi rangli belgilarni yangiladi. Google Gemini asosidagi Siri sun’iy intellekt çat-boti
Apple, şuningdek, Apple Intelligence va Google Gemini texnologiyalari asosida yaratilgan yangi avlod ovozli yordamçisi Siri AI’ni taqdim etdi. Assistent foydalanuvçining şaxsiy kontekstini hisobga olişi, ekrandagi kontentni tahlil qilişi, ilovalar va internetdan ma’lumot qidirişi hamda tizim içidagi amallarni bajarişi mumkin böladi.
Masalan, Siri fotosurat, yozişma yoki veb-sahifa mazmunini tuşuntira oladi, xabarlar va elektron xatlardan kerakli ma’lumotni topadi, elektron xatga javob yozişda yordam beradi yoki boşlangan vazifani davom ettiradi.
Siri suhbatlar tarixiga ega alohida ilovaga ega böladi va u iCloud orqali qurilmalar örtasida sinxronlanadi. Foydalanuvçilar, şuningdek, assistent ovozini, jumladan, nutq tezligi va ifodaliligini sozlaşi mumkin.
Mac’da Siri imkoniyatlari Spotlight’ga integratsiya qilingan. Apple yordamçisi bir vaqtning özida bir neçta hujjatlardan olingan ma’lumotlarni qanday tahlil qilişini va bitta oynada qisqaça xulosani qanday şakllantirişini körsatdi. Tizimning barça joylarida Apple Intelligence
Bundan taşqari, kompaniya Apple Intelligence rivojlanişining yangi bosqiçi boşlanganini e’lon qildi. Sun’iy intellektga bölgan sörovlarning aksariyati bevosita qurilmada yoki Apple ma’lumotlariga kirmaydigan himoyalangan bulutli infratuzilma orqali qayta işlanadi.
Mavzuga oid
Sun’iy intellekt deyarli barça tizim ilovalarida paydo böladi. Safari brauzerida u sahifalarni avtomatik ravişda guruhlaşi, xatçöplarni mavzular böyiça tasniflaşi va parollarni yangilaşga yordam berişi mumkin. «Xabarlar» va «Poçta»da suhbat kontentiga asoslangan javob takliflari, eslatmalar va avtomatik amallar çiqadi.
Endi «Buyruqlar» ilovasida oddiy matn bilan avtomatizatsiyalarni yaratiş mumkin böladi. Foydalanuvçi vazifani tavsiflaşi kifoya, şundan söng Apple Intelligence özi kerakli buyruqni yiğadi.
Ayrim funksiyalar, jumladan, rasm yaratiş uçun kunlik çeklovlar joriy etiladi. ICloud+ xarid qilsangiz, kengaytirilgan ruxsat olasiz.
Suratlar uçun yangi SI vositalari
Kompaniya «Foto» ilovasini juda yaxşi yölga qöydi. Masalan, Spatial Reframing funksiyasi allaqaçon olingan suratning rakursini xuddi suratga oliş paytida kamerani siljitgandek özgartiriş imkonini beradi. Extend vositasi generativ sun’iy intellekt yordamida kadrlarni kengaytirib, tasvirning yetişmayotgan qismlarini töldira oladi.
Apple, şuningdek, ortiqça obektlarni öçiriş funksiyasini yaxşiladi. Endi tizim kadrdan odamlar yoki narsalar olib taşlangandan söng fonni tiklaşni yanada realroq qiladi.
Bundan taşqari, Image Playground yangi tasvir yaratiş vositalarini, jumladan, fotorealistik uslubni qöllab-quvvatlaşni oladi.
Xavfsizlikka asoslangan ota-ona nazorati
Apple taqdimotining alohida bloki bolalar xavfsizligiga bağişlandi. Farzand akkauntini yaratganda, ota-ona butun tizim uçun darhol yoş çeklovlarini örnatişi va mavjud ilovalar hamda saytlarni belgilaşi mumkin.
Yangi muloqot çeklovlari paydo böladi: bola ota-onasining roziligisiz yangi odam bilan muloqot qila olmaydi. Tizim, şuningdek, yozişmalarda oçiqdan-oçiq yoki şafqatsiz kontent paydo bölsa, avtomatik ravişda javob berişi mumkin.
«Ekran vaqti» yangilangan interfeys, öyinlar, köngiloçar va ijtimoiy tarmoqlar uçun çeklovlar böyiça tavsiyalar, şuningdek, u yoki bu funksiya yoki ilovalardan foydalaniş jadvallarini yaratiş imkoniyatiga ega böladi.
iOS 27 quyidagi qurilmalarda işlaydi:
iPhone SE (2-avlod va undan keyingi);
iPhone 11, 11 Pro, 11 Pro Max;
iPhone 12, 12 mini, 12 Pro, 12 Pro Max;
iPhone 13, 13 mini, 13 Pro, 13 Pro Max;
iPhone 14, 14 Plus, 14 Pro, 14 Pro Max;
iPhone 15, 15 Plus, 15 Pro, 15 Pro Max;
iPhone 16, 16 Plus, 16 Pro, 16 Pro Max;
iPhone 16ye;
iPhone Air;
iPhone 17, 17 Pro, 17 Pro Max;
iPhone 17e.
Apple Intelligence quyidagi qurilmalarda işlaydi:
iPhone 16 va undan keyingi versiyalar;
iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max;
A17 Pro bilan iPad mini;
M1 va undan yangi versiyali iPad;
M1 va undan keyingi versiyali Mac;
Apple Vision Pro;
Apple Watch Series 10 va undan keyingi versiyalar;
Apple Watch Ultra 2 va yangiroq;
Apple Watch SE 3 (Apple Intelligence bilan işlaydigan iPhone’ga ulanganda).