Jamiyat | 16:15 / 21.09.2016
5279
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy "Tyagun-1" orbita stanitsiyasi nazorati qo‘ldan chiqarilganini tasdiqladi

Xitoy hukumati "Tyagun-1" birinchi milliy kosmik stansiyasi ustidan nazorat yo‘qotilganini tan oldi. Hozirda u orbita bo‘ylab boshqaruvsiz harakatlanmoqda va asta-sekinlik bilan pastlamoqda. Bu haqida ScienceAlert ma'lum qildi. 

11 metrli stansiya 2011 yilda kosmosga chiqarilgan, o‘tgan vaqt davomida uni "oltita taykonavt", shu jumladan kosmosga chiqqan ilk xitoylik ayol ham ziyorat qilgan. Endi esa xitoylik mutaxassislar stansiyaning boshqaruvsiz qolgani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlashdi va uning Yerga qulashi 2017 yilning birinchi yarmiga to‘g‘ri kelishini ma'lum qilishdi. 

Stantsiyaning qulash vaqti va hududini oldindan bilishning iloji yo‘q, biroq taxminlarga ko‘ra, tuzilmalarning katta qismi atmosfera qatlamlarida yonib ketadi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid