Tibet avtonom okrugiga qaraşli Xaynan hududida joylaşgan Talatan platosi Xuanxe daryosining yuqori qismidagi şamol eroziyasi eng kuçli bölgan hududlardan biri sanalgan. 2012 yilgaça bu yerda yilning ikki oyidan ortiq vaqt davomida soatiga 62–74 kilometr tezlikda kuçli şamollar esib, qum va şağal har yili örtaça 10 metrga siljib, mavjud ösimliklarni yöq qilib borgan.
Quyoş elektr stansiyasi qurilişi boşlanganidan söng vaziyat tubdan özgardi. Bugungi kunda qariyb 600 kvadrat kilometr maydonga millionlab fotoelektrik panellar örnatilgan.
Bu panellar faqat elektr energiyasi işlab çiqaribgina qolmay, şamolga qarşi tabiiy tösiq vazifasini ham bajaradi. Ular yer sathidagi şamol tezligini sezilarli darajada pasaytiradi, namlikning buğlanişini kamaytiradi va ösimliklar ösişi uçun qulay mikroiqlim hosil qiladi.
Natijada panellar ostida öt-ölanlar yana ösib çiqdi. Mahalliy örmon va yaylov xizmati ma’lumotlariga köra, bu yerda har gektardan yillik öt hosili örtaça 2,6 tonnaga yetgan. Bu esa taxminan 100 ming boş qöyni oziqlantiriş uçun yetarli hisoblanadi.
Biroq ösimliklar köpayişi yangi muammoni ham keltirib çiqardi. Baland böyli ötlar quyoş panellarini soyalab, ularning samaradorligini pasaytirgan. Qişda qurib qolgan ötlar esa yonğin xavfini oşirgan.
Muammo tabiatning özi orqali hal qilindi. Hukumat «quyoş qöylari» dasturini işga tuşirib, mahalliy çöponlarga har yili iyundan oktyabrgaça qöylarini quyoş panellari orasida bepul ötlatişga ruxsat berdi.
Qöylar ötlarni kerakli balandlikda saqlab turadi, ularning çiqindilari esa tuproqni tabiiy öğitlab, yangi ösimliklar ösişiga xizmat qiladi. Şu tariqa özini özi qöllab-quvvatlaydigan barqaror ekotizim şakllangan. Qöylarni ötlatiş jarayoni qişloq xöjaligi kooperativlari tomonidan quyoş elektr stansiyalari egalari bilan kelişuv asosida nazorat qilinadi.
Talatan loyihasi zamonaviy texnologiyalar bir vaqtning özida bir neçta muammoni hal qilişi mumkinligining yorqin namunasiga aylandi. Loyiha çöllanişga qarşi kuraşiş, qayta tiklanuvçi energiya işlab çiqariş, tabiiy ekotizimlarni tiklaş va mahalliy aholi daromadlarini oşiriş vazifalarini yagona tizimda uyğunlaştirgan.
Quyoş panellari va qöylar Xitoyda çölni qayta tiriltirdi
14:25 / 17.07.202634 4613 min
Xitoyning Tsinxay viloyatida joylaşgan Talatan platosi bir paytlar şamol eroziyasi tufayli deyarli hosilsiz hudud hisoblangan edi. Bugun esa bu yerda dunyodagi eng yirik quyoş elektr parklaridan biri nafaqat “yaşil“ energiya işlab çiqarmoqda, balki degradatsiyaga uçragan yerlarni qayta tiklaşga ham xizmat qilmoqda.












