Jahon | 08:45 / 21.09.2016
3063
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada yuz bergan ko‘chki insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi

Indoneziyaning G‘arbiy Yava viloyatida yuz bergan yer ko‘chkisida kamida 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda, tabiiy ofat oqibatlariga barham berish Milliy boshqarmasi xabar qilgan. 

Tabiiy ofat natijasida 30 kishi jabrlangan. Qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, 20 sentabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan ko‘chki suv toshqinlari va kuchli yomg‘irlar tufayli yuz bergan. 

Favqulodda holat joyida qidiruv va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayapti. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid