Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq parlamenti mamlakat moliya vaziriga ishonchsizlik e'lon qildi
Iroq parlamenti respublikaning moliya vaziri Xoshiyar Zibariyga nisbatan ishonchsizlik votumini e'lon qildi, deb ma'lum qilgan deputatlardan biri Sputnik agentligiga.
Avgust oyida mamlakat parlamenti shu usul bilan Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Obidiyni vazifasidan chetlatgan edi. Hukumat organlaridagi korrupsiya bilan bog‘liq salbiy vaziyat Bag‘dod va boshqa shaharlarda yirik norozilik namoyishlariga olib keldi.
"Parlament moliya vaziri Xoshiyar Zibariyga bildirilgan ishonchni qaytarib olishga qaror qildi", — degan "Qonun davlati" bloki deputati Raxab al-Ubuda.
Kurd millatiga mansub siyosatchi 2014 yildan beri ushbu vazifani bajarib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026