Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
Hibsga olishlar o‘tgan oyda korrupsiyada ayblanib so‘roq qilinayotgan neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jumaylining ko‘rsatmalaridan so‘ng amalga oshirilgan. Hukumat korrupsiya ishi bilan bog‘liq hibsga olish kampaniyasi davom etayotganini ma’lum qildi.
Iroqda 40 nafardan ortiq yuqori martabali amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda INA agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lumot berishicha, hibsga olishlar o‘tgan oyda korrupsiyada ayblanib so‘roq qilinayotgan neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jumaylining ko‘rsatmalaridan so‘ng amalga oshirilgan.
INA manbasining qo‘shimcha qilishicha, "qo‘lga olinganlar orasida parlament deputatlari, hukumat amaldorlari bor". Qayd etilishicha, bu deputatlarning daxlsizlik maqomi bekor qilingan.
Agentlik xabariga ko‘ra, poytaxt Bag‘dod hamda Vosit va Arbil viloyatlarida 47 nafar hukumat vakili hibsga olingan. Politsiya qo‘lga olinganlarning uylarida tintuvlar o‘tkazmoqda.
Iroq hukumati korrupsiya ishi bilan bog‘liq hibsga olish kampaniyasi davom etayotganini ma’lum qildi.
"Keyinroq neft va elektroenergiya vazirligidagi korrupsiya ishiga aloqador yangi nomlar e’lon qilinishi" aytilmoqda.
Mavzuga oid
10:39 / 27.06.2026
Suv xo‘jaligidagi korrupsiya davlatga 70 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan
19:03 / 24.06.2026
O‘z ishlayotgan tashkilotdagi korrupsiya haqida xabar berganlar himoya qilinadi
18:43 / 24.06.2026
Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratchilarning xavfsizligi kafolatlandi
18:32 / 23.06.2026