23:05 / 21.09.2016
7207

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida futbolchi chaqmoq urishidan halok bo‘ldi

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida talabalar jamoalarining futbol uchrashuvida baxtsiz hodisa yuz berdi.

18 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishdan halok bo‘ldi. Voqea Rubtsovsk shahrida yuz berdi.

Chaqmoq yonida 4 kishi turgan metall darvozaga kelib urilgan. Qolgan 3 nafar futbolchi shifoxonada qolmoqda, deb ma'lum qilindi Rossiya tergov qo‘mitasining Oltoy o‘lkasi boshqarmasi rasmiy saytida. 

 

Mavzuga oid
Top