AQSh samolyotiga osilib halok bo‘lgan afg‘on futbolchisining oilasi uning o‘limida amerikalik harbiylarni aybladi
Futbol bo‘yicha Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi o‘yinchisi, Kobul aeroportidan evakuatsiya vaqtida halok bo‘lgan Zakiy Anvariyning akasi Hoji Ahmad Zakariyo ukasi qanday halok bo‘lgani haqida so‘zlab berdi va uning o‘limida amerikalik harbiylarni aybladi.

Foto: twitter.com/BabakTaghvaee
Anvariy evakuatsiya vaqtida mamlakatdan qochishga uringanida halok bo‘lgan. Sportchi AQShning harbiy-transport samolyoti C-17A shassisiga osilgan kuyi mamlakatni tark etishga uringanlar orasida bo‘lgan. Keyinroq uning tanasi bo‘laklari shassi bo‘linmasidan topilgan.
Zakariyoning aytishicha, uning oilasi ukasining xorijga qochishiga qarshi bo‘lgan, biroq u telefon orqali deyarli samolyotga chiqa olganini aytgan. 15 daqiqadan keyin esa uning telefonidan noma'lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, sportchining o‘lganini ma'lum qilgan.
Shundan keyin Anvariyning yaqinlari Kobul aeroportiga kelishgan, biroq uning jasadini 2 kundan keyin topa olishgan. Futbolchining oilasi bunda amerikalik harbiylarni ayblamoqda. Zakariyoning ta'kidlashicha, harbiylar odamlarni samolyotlar yoniga qo‘ymasligi kerak edi.
U Afg‘oniston hukumati va xalqaro hamjamiyatdan ukasi va boshqa afg‘onlarning aeroportda halok bo‘lishini tergov qilishni talab qilgan.
16 avgustda Kobul aeroportidagi talato‘plar chog‘ida bir qancha afg‘onistonliklar aeroportdan uchayotgan AQSh harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi va korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olishmagan va natijada katta balandlikdan yerga qulab halok bo‘lishgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
Jamiyat | 22:20
-
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
Jamiyat | 22:03
-
Tramp: Eronda endi yadroviy dastur qolgani aniq emas
Jahon | 21:55
-
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi
Jahon | 21:55
Mavzuga oid

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025