Jahon | 22:32 / 22.09.2016
4944
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Sharlott shahridagi tartibsizliklardan keyin 40 dan ko‘proq odam hibsga olindi


AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Sharlott shahrida politsiyachilar tomonidan afroamerikalikning o‘ldirishi sababli o‘tgan norozilik namoyishlari vaqtida tartib buzganlik va talonchiliklar uchun 40 dan ko‘proq odam hibsga olindi. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i Kerri Putni ma'lum qildi. 

"Biz 44 kishini hibsga oldik, ular tarqalishdan bosh tortish, hujum qilish, talonchilikda ayblanmoqdalar. Biz bo‘lib o‘tgan voqealarning videoyozuvlarini o‘rganishni davom ettiramiz, chunki barcha qoidabuzarlar ushlanmagan deb hisoblaymiz. Biz barcha qoidabuzarlar javobgarlikka tortilmaguncha tinchimaymiz", deb aytdi Putni matbuot-anjumanida. 

Shaharning bosh politsiyachisi tartibsizliklar vaqtida 9 fuqaro va 5 politsiyachi jabrlanganini ma'lum qilgan.  

Putnining ta'kidlashicha, politsiyaning asosiy vazifasi tartibni ta'minlash va shaharliklarning mulkini himoya qilishdan iborat.

Mavzuga oid