Fransiya prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarda videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarni aybladi
Emmanuel Makron mamlakatga yoyilgan tartibsizliklarni ushlashga bor kuchi bilan harakat qildi va hukumat binolariga qilingan hujumni «haddan oshish» deb baholab, videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarni ehtiroslarning junbishga keltirishda aybladi va ota-onalardan o‘z farzandlarini ko‘chaga chiqarmaslikni so‘radi.

Fransiyadagi norozilik namoyishlari to‘rt kundirki tinmayapti, garchi mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanin shanba kuni ertalab jurnalistlarga namoyishlar «biroz pastroq intensivlik»da o‘tganini ta’kidlagan bo‘lsa-da. Juma kuni hibsga olingan namoyishchilar soni 467 nafarni tashkil etib, ularning umumiy soni 1000 nafardan oshgan.
G‘alayon Fransiyaning dengiz ortidagi hududlariga ham ko‘chgan. Janubiy Amerikada joylashgan Fransiya Gvianasida bir erkak poytaxt Kayyyenadagi o‘z uyi balkonida turib ko‘chadagi namoyishlarni kuzatib turganida daydi o‘q tegishidan o‘lgan, deyiladi Assambleya raisi Garbriel Servillning bayonotida.
Avvalroq Servill Parij yaqinida otilgan o‘smir yigitchaning «fojiali» o‘limi tufayli kelib chiqqan «hissiyotlarni tushunib turgani»ni aytib, xotirjamlikka chaqirgan edi, deb yozadi The Washington Post nashri.
To‘rt kundan buyon davom etayotgan tartibsizliklar davomida shahar idoralariga o‘t qo‘yilgan, do‘konlar talangan, namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Fransiya prezidenti o‘zining Bryusselga tashrifini bekor qilib, taranglikni susaytirishga doir choralarni muhokama qilish uchun Parijdagi Yelisey saroyida vazirlar mahkamasining shoshilinch yig‘ilishini chaqirgan.
Tanazzulning kuchayishi — jahon sahnasidagi ambitsiyalari o‘z uyidagi qiyinchiliklar bilan murakkab ahvolga solib qo‘yilgan Makrondek yetakchi uchun sinov. Fransiya uchun bu og‘riqli tovon lahzalari, chunki bolaning o‘ldirilishi irq, tenglik va politsiya faoliyati borasida kuchli bahslarni keltirib chiqarmoqda, deb yozadi The Washington Post nashri.
Ayrimlar Makrondan Fransiya politsiyasining hokimiyatini cheklashni talab qilmrqda. «Agar ular tartibsizliklar yanada avj olishini istashmasa, nimadir qilishlari kerak», — degan Parijda yashayotgan 26 yashar dasturchi-muhandis Gotiye Enon. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya shaharchalarida yashayotgan aholining «butun bir guruhlari»ga quloq solinmayapti.
Kelib chiqishi jazoirlik va marokashlik bo‘lgan Nahil M. deb atalayotgan 17 yoshli o‘smirning o‘limidan so‘ng boshlangan norozilik namoyishlari Parijdan Fransiyaning bir nechta shaharlari, jumladan Marsel, Lion va Tuluza shaharlari ham ko‘chgan. U seshanba kuni Nanterda to‘xtatilganidan so‘ng politsiya xodimi tomonidan otib tashlangan. Politsiya ofitserining o‘zi allaqachon ushlangan va bolakayning oilasidan kechirim so‘ragan.
Fransiya ichki ishlar vazirligi juma kuni kechqurun mamlakat bo‘ylab 45 mingdan ortiq politsiya safarbar qilingani, shaharlarda jamoat transportining harakati to‘xtatilib, komendantlik soatlari e’lon qilingani bayon qildi. Vazir Darmaninga ko‘ra, payshanba kunigacha kamida 875 kishi hibsga olingan, 200 dan ortiq politsiyachilar to‘qnashuvlarda yarador bo‘lishgan.
Hukumat tomonidan tartib-intizomni tiklash uchun «barcha varinatlar» ko‘rib chiqildi, degan juma kuni kechqurun Fransiya bosh vaziri Elizabet Born. U zo‘ravonlikni Twitter’da «toqat qilib va kechirib bo‘lmas», deb atagan.
Fransiya yetakchilari o‘ldirilgan o‘smir yigitchaning oilasini darhol qo‘llab-quvvatlagan va politsiyaga nisbatan tanqidiy kayfiyatni egallashgan. Chorshanba kuni Makron o‘q uzishni «tushuntirib va kechirib bo‘lmas», deb atagan.
«Odatda yetakchilar bunday holatlarda izoh berishmaydi va odil sudga o‘z ishini qilishga qo‘yib berishadi, — deydi Londonning Universitet kolleji fransuz siyosati professori Filipp Marliyer. — Fransiyada shu paytgacha politsiyani tanqid qilmaslik borasida o‘ziga xos konsensus mavjud edi».
Biroq, Makronning bayonotlari mujmal bo‘ldi. Masalan, mamlakatda norozilik namoyishlari davom etayotgan paytda uni Elton Jonning Parijda berayotgan konsertida ko‘rishgan.
O‘zining juma kungi chiqishida u politsiya faoliyatidagi irqiy adolatsizlikka emas, ota-onalar uchun bolalarini ko‘chalarga chiqarmaslik zaruriyati hamda ijtimoiy tarmoqlarning zararlariga diqqat-eʼtiborni qaratgan. Bu o‘ng tanqidchilarning zarbalarini chippakka chiqarish uchun qilingan bo‘lishi ham ehtimolli.

E’tiborlisi, bu keng qamrovli norozilik namoyishlari Makronning aholi tomonidan keskin rad etilgan pensiya yoshini ko‘tarish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng ro‘y bergan namoyishlar izidan sodir bo‘lmoqda.
Garchi Fransiya prezidenti pensiya siyosati bo‘yicha alal-oqibat ko‘zlagan maqsadiga erishgan bo‘lsa-da, yondosh namoyishlar va ish tashlashlar Fransiyani burchakka siqib qo‘ydi va ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqargan edi. Mart oyida Britaniya qiroli Charlz III Fransiyada monarx sifatida ilk tashrifini ham keyiroqqa qoldirishga majbur bo‘lgan edi.
Makron esa payshanba kuni Bryusselda o‘tadigan Yevropa kengashi sammitida ishtirok etish uchun Fransiyani tark etgan edi, biroq ikkinchi kungi tadbirlarda ishtirok etmasdan Parijga qaytib keldi.
Shu dam olish kunlarida u Germaniyaga davlat tashrif qilishi kutilayotgandi, endi bu tashrif ham bekor qilindi. Bu tashrif so‘nggi 23 yil ichida ilk bor Fransiya prezidentining Germaniyaga davlat tashrifi bo‘lishi kutilayotgandi.
O‘zining juma kungi bayonotida BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissiyasi Fransiyani «huquqni muhofaza qiluvchi organlarda irqchilik va diskriminatsiya muammolari bilan jiddiyroq shug‘ullanish»ga chaqirgan.
Ayrimlar Fransiyadagi vaziyat bilan AQShdagi politsiya zulmi o‘rtasida bog‘lanishlar ko‘rmoqda.
«Agar Amerikadagi mutlaq spetsifik irqchilik konteksti olib tashlansa, bu voqealar Minneapolisda 2020 yilning mayida oq tanli politsiyachi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgan qora tanli Jorj Floyd o‘limini eslatadi», — deyiladi Le Monde nashrining payshanba kungi tahririyat maqolasida.
BMT hujjatida hukumatdan 2017 yilgi jamoatchilik xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunga aniqlik kiritish so‘raladi, xususan o‘qotar quroldan foydalanish qoidalariga doir. «Bu nuqtayi nazarda Fransiyada na oddiy fuqaro, na biror politsiyachi to‘tatilgan chog‘da o‘lmasligi kerak», — deb yozadi Le Monde.
Fransiyada o‘qotar quroldan o‘q uzish tufayli o‘lim soni AQShga nisbatan kamroq ro‘y beradi va mazkur voqea Floyd o‘limidan buyon ilk bor ommaviy jamoatchilik e’tirozini keltirib chiqardi.
O‘shandan buyon fransuz aktivistlari Fransiyadagi milliy ozchiliklar, asosan arablar va afrikadan kelib chiqqan shaxslarga qaratilgan, o‘zlari politsiyaning diskriminatsion taktikasi deb atovchi xatti-harakatlarga nuqta qo‘yishni talab qilib kelishadi.
Fransiyadagi umummilliy norozilik namoyishlari shu hafta ichida Nanterdagi voqea tasvirlari internetda tarqalganidan so‘ng ro‘y berdi. Tasvirlardan ko‘rinishicha, ikki politsiyachi to‘xtab turgan sariq tusli Mercedes AMG yonida turib, kutilmaganda ulardan biri haydovchi derazasiga qarab to‘pponcha o‘qtaladi. Mashina joyidan qo‘zg‘alganida politsiyachi yaqin masofadan turib tepkini bosadi. Keyingi tasvirlardan ma’lum bo‘lishicha, Nahil M.dan tashqari yana ikki bo‘lgan mashina yo‘l chetiga chiqib urilgan.
Hududiy prokuror Paskal Prachening aytishicha, politsiyachilar haydovchini politsiya bo‘linmasida hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatmoqchi bo‘lishgan, lekin u qochishga uringan. Uni quvib borib, tirbandlikda ushlashgan va yana qochishga urinishdan so‘ng so‘ngra otishma ro‘y bergan.

Nahilning onasi, «Nahil uchun adolat» yozuvi tushirilgan oq futbolka kiyib olgan Muniya xonim payshanba kuni o‘g‘lining xotirasiga norozilik namoyishi uyushtirdi va unda minglab odamlar ishtirok etishdi.
«U ertalab meni qattiq quchib o‘pdi. U: «Oyi, sizni yaxshi ko‘raman», dedi», — deya Nahilning onasi seshanba kuni o‘g‘lini so‘nggi bor tirik ko‘rgan onlarni eslaydi. «Biz bir vaqtda uydan chiqib ketdik — u «Makdonalds»ga yo‘l oldi. Men odatdagidek ishga ketdim. Oradan bir soat o‘tar-o‘tmas menga o‘g‘lim otib tashlanganini xabar qilishdi».
Fransuz mashhurlari, jumladan, futbol yulduzi Kilian Mbappe va aktyor Omar Si o‘z birdamligi va noroziligini bildirishdi. 2016 yilda 24 yoshli o‘gay akasi Adama Traore politsiya hibsida vafot etgan Assa Traore ham oilani qo‘llab-quvvatlab videorolik e’lon qildi. Unda u ikki fojia o‘rtasida parallel o‘tkazib, politsiyaning zulmkorligi va irqchiligini qoralagan.

Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi
Jahon | 20:59
-
G‘azoda besh yillik sulh va garovga olinganlarni birato‘la ozod qilishga tayyor
Jahon | 20:03
-
Tramp Putinni to‘xtatolmadi, Osiyoda yangi urush xavotiri – hafta dayjesti
Jahon | 19:58
-
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42
Mavzuga oid

23:00 / 25.04.2025
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi

18:30 / 25.04.2025
Fransiyalik olimlar akulalar hujumining ortishiga ijtimoiy tarmoqlar aybdor ekanini aytdi

22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

19:22 / 21.04.2025