Meksikaning «Xalisko yangi avlodi» (Cartel Jalisco Nueva Generación — CJNG) narkokarteli rahbari, El Menço laqabi bilan tanilgan Nemesio Osegera Servantes harbiy amaliyot çoğida öldirildi.

Meksika mudofaa vazirligi xabar berişiça, amaliyot mamlakat ğarbidagi Tapalpa şahrida ötkazilgan. Qurolli töqnaşuv çoğida jarohatlangan El Menço vertolyotda şifoxonaga olib ketilayotganida jon bergan. Kartelning yana tört a’zosi öldirilgan, ikki kişi oğir jarohat olgan. Harbiylar orasida ham uç kişi jarohatlangan.

Narkosindikat 2010 yilda Xalisko ştatida yuzaga kelgan, ammo tez orada öz ta’sirini butun mamlakat böylab yoygan. Sobiq politsiyaçi bölgan El Menço AQŞga katta miqdordagi kokain, metamfetamin va fentanil kontrabandasi bilan şuğullangan kuçli jinoiy taşkilotni tuzgan. AQŞ uning qayerdaligini aniqlaşga yordam beradigan ma’lumot uçun 15 million dollar mukofot e’lon qilgandi.

Meksika mudofaa vazirligi amaliyotni tayyorlaşga yordam bergan ma’lumotlar AQŞ tomonidan yuborilganini qayd etgan. Reyd çoğida zirhlangan avtomobillar va qurollar, jumladan, granatomyotlar musodara qilingan.

Xalisko ştati gubernatori Pablo Lemus Navarro ijtimoiy tarmoqlarda kartel a’zolari va Meksika qurolli kuçlari örtasida töqnaşuvlar bölganini tasdiqladi, ammo tafsilotlarni oçiqlamadi. Uning aytişiça, kuç tuzilmalari paydo bölişiga javoban kartel bilan boğliq noma’lum şaxslar operatsiya ötkazilişiga qarşilik körsatiş uçun avtomaşinalarga öt qöyib, yöllarni tösib qöygan.

El Menço halok bölganidan keyin Zapopan şahrida jangarilar avtobusga öt qöyib, undan yölni tösiş uçun foydalangan.

Kartel yetakçisining öldirilişi darhol zöravonlik tölqinini boşlab berdi: mamlakatning sakkizta ştatida «Xalisko» jangarilari avtomobillarga öt qöyişgan, yöllarni tösişgan va xavfsizlik kuçlariga hujumlar uyuştirgan.

Foto: Videodan kadr

Xalisko ştatida favqulodda holat rejimi joriy etildi. Ayrim hududlarda jamoat transporti harakati töxtatilgan, aholiga esa binolardan çiqmaslik tavsiya qilingan. Ştat markazi Gvadalaharada ham transport vositalariga öt qöyiş holatlari kuzatilgan – şu yil yozida uşbu şahar futbol böyiça jahon çempionatiga mezbonlik qilişi kerak.

Puerto-Valyarta va Gvadalahara aeroportlari vaqtinça reyslarni qabul qilmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda yölovçilarning aerovokzal binolari içida panoh topişga uringani aks etgan videolar tarqalmoqda.