Norvegiyalik haydovchilar Tesla’ni sudga berdilar
Norvegiyada Tesla kompaniyasining Model S eletromobiliga ega 126 haydovchi avtomobil yetarlicha tezlashmasligi sababli kompaniya ustidan sudga da'vo arizasi berdilar, deb ma'lum qildi Bloomberg axborot agentligi.
Kompaniya e'lon qilgan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Model S P85D elektromobilida "aqldan ozgan rejim" ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yoqilganda sedan turgan joyidan 100 km/soat tezlikkacha 3,1-3,3 soniyada tezlashishi kerak. Markaning norvegiyalik mijozlarining aytishlaricha, ularning avtomobillari bunchalik tez tezlasha olmaydi. Shu sababli ular pullarining qaytarilishini talab qilmoqdalar.
Tesla vakili Sandvold Roland kompaniya va mustaqil mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan sinovlar avtomobilning amaldagi ko‘rsatkichlari e'lon qilinganlariga mos kelishini ko‘rsatganini aytgan.
Ta'kidlanishicha, Norvegiya Tesla avtomobillari sotiladigan eng yirik bozorlardan hisoblanadi. Bu davlat tomonidan elektromobillar sotib olishda yordam puli berilishi bilan bog‘langan. Model S P85D Norvegiyada boshqa sotilmaydi, uning o‘rnini P90D modeli egallagan.
Mavzuga oid
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024
AQShda dunyodagi eng tezkor politsiya mashinasi taqdim etildi
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
23:09 / 24.10.2024