Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
Norvegiya Fransiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik kelishuvini imzoladi va Parijning Yevropa davlatlari uchun yadroviy “qalqon”ni kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Parijga tashrifi chog‘ida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan mudofaa sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hujjatda hujum sodir etilgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatish masalasi ham nazarda tutilgan.
Styore qarorni Yevropadagi xavfsizlik vaziyati bilan izohladi. U Rossiyaning keng ko‘lamli qayta qurollanishi, jumladan yadroviy salohiyatini oshirayotgani hamda Ukrainaga qarshi urush davom etayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Norvegiya bosh vaziri tinchlik davrida mamlakat hududida yadroviy qurol joylashtirilmasligini ma’lum qildi.
2025 yil mart oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya butun Yevropa uchun tahdidga aylanganini bildirib, Fransiyaning yadroviy himoya tizimini boshqa Yevropa davlatlariga ham kengaytirish taklifini ilgari surgan edi.
Mazkur tashabbusni Polsha, Litva, Niderlandiya, Belgiya, Daniya va Germaniya qo‘llab-quvvatlagan. Germaniya kansleri Fridrix Mers esa Fransiya yadroviy “qalqoni” AQSh xavfsizlik kafolatlarining o‘rnini bosmasligi, balki ularni to‘ldirishi mumkinligini aytgan.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan keyin Fransiya YeIdagi yagona yadroviy davlat bo‘lib qolmoqda. Stockholm International Peace Research Institute ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya ixtiyorida taxminan 290 ta yadroviy kallak mavjud.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026