Toşkent qişloq xöjalik texnikalari zavodini (sobiq Toşkent traktor zavodi – TTZ) modernizatsiya qiliş va qaytadan texnologik jihozlaş işlari boşlandi. Bu haqda nuz.uz sayti xabar bergan.

Kompaniyadagilarning ma'lumotiga köra, uşbu maqsadlar uçun «Asaka» bankining Toşkent şahar filialidan olingan 60,5 milliard söm (20 million dollardan ortiq) mablağ ajratiladi.

Ilgariroq Mirzo Uluğbek tumani hokimining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari Bahodir Boqiyev Sputnik Özbekiston muxbiriga eski zavod hududida 2014 yildan buyon agrar sektori uçun uskunalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Toşkent qişloq xöjalik texnikalari zavodi faoliyat körsatayotganini aytgandi.

Eslatib ötamiz, korxona quvvatini bir neçta bosqiçda modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan bölib, 2019 yilda nihoyasiga yetadi.

Özbekiston va Germaniyaning CLAAS kompaniyasi zavodning texnik va texnologik qayta jihozlanişi uçun 50 million dollardan ortiq mablağni yönaltiriş böyiça kelişib olgan. Nemis kompaniyasi asosiy investor hisoblanadi.

Rasmiy prognozlarga köra, korxonaning modernizatsiya qilinişi bir neça bosqiçda olib boriladi va 2019 yilning oxirida yakunlanadi.

2016-2017 yillarda olib boriladigan birinçi bosqiçda korxonada nemis kompaniyasining turli qişloq xöjalik texnikalari uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va kengaytiriş böyiça işlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.

2018-2019 yillarda ikkinçi bosqiçda quyiş sexi, butlovçi qismlarni muhrlaş liniyasi, transmissiyalar uçun quyma qismlar işlab çiqariş sexlari texnologik qayta jihozlanadi, şuningdek Özbekiston qişloq xöjalik korxonasi bazasida CLAAS kompaniyasi bilan birgalikda qöşma korxona taşkil etiladi va dvigatellar yiğiş yölga qöyiladi.

Uşbu loyihaga boş pudratçi sifatida «Yuksak qurilish savdo» MÇJ tanlangan.

2015 yil boşida sobiq TTZ bankrotligi haqida e'lon qilingandi. Mahalliy naşrlar korxona zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmagani, mahsulotlarning içki bozorda kam sotilişi, eksport uluşi esa atigi 20 foiz ekani haqida yozgandi. 2015 yilning martida Toşkent xöjalik sudi Özbekistondagi eng yirik qişloq xöjaligi maşinasozligi korxonasi bölmiş «Toşkent traktor zavodi» aksiyadorlik jamiyatiga bankrotlik tamoyili uçun sanksiya bergandi.