Urganç xalqaro aeroportini davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida modernizatsiya qiliş va boşqariş böyiça tenderning barça bosqiçlari yakunlandi.

Transport vazirligi xabariga köra, tanlov natijasida Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation (IIAC) kompaniyasi ğolib deb topildi.

Ta’kidlanişiça, loyiha aeroportni modernizatsiya qiliş va boşqariş loyihasini birgalikda amalga oşirişni nazarda tutadi. Xususiy şerik yölovçi va yuk terminallarini quriş va boşqariş, şu jumladan yerda xizmat körsatiş işlarini amalga oşiradi. Davlat şerigi aerodrom majmuasini quriş va boşqariş (uçiş-qöniş yölagi, perron) uçun javobgarlikni öziga oladi. Loyihaga köra keyingi qadam, 19 yillik konsessiya muddatini öz içiga olgan DXŞ şartnomasini tuziş böladi.

IIAC nafaqat Janubiy Koreyaning asosiy havo darvozasi, balki Şimoliy-Şarqiy Osiyodagi eng yirik transport markazlaridan biri bölib, bir neça marotaba dunyoning eng rivojlangan va gavjum aeroportlari 10 taligiga kirgan. 2024 yil yakunlari böyiça aeroport 70 million yölovçiga xizmat körsatgan.

Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş va boşqariş böyiça davlat-xususiy şeriklik loyihasi Uzbekistan Airports AJ tomonidan Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.