19:54 / 23.09.2016
17337

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

Shu yilning 21 sentabrida Rubtsovsk talabalar jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yin vaqtida metall darvozaga yashin kelib urilgani, buning oqibatida darvoza yaqinidagi to‘rt nafar o‘yinchi yashin tokidan zararlangani xabar qilingan edi. Keyinroq, ulardan biri 18 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. E'tiboringizga, kamida 13 kishi halok bo‘lgan futboldagi eng dahshatli 10ta yashin urish holati haqidagi ma'lumotlarni havola qilamiz. 

10. 21 sentabrda Rubtsovsk talabalar jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini fojia bilan tugadi. Metall darvozaga yashin kelib urilgani oqibatida uning yaqinidagi to‘rt nafar o‘yinchi hushidan ketgan. Ulardan biri 18 yoshli o‘yinchi hayotdan ko‘z yumdi.

9. Boliviya. 2014 yil noyabrida futbol maydoniga tushgan yashin Devid Alvares nomli futbolchining hayotiga zomin bo‘ldi. 

8. Ukraina, 2011 yil iyun. Respublikaning Bryanka shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘yinning eng qizg‘in pallasida yashin 18 yoshli futbolchining bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi.

7. Salvador, 2009 yil sentabr. Mamlakat sharqidagi o‘yin chog‘ida yoshgina o‘yinchi David Tovar yashin urishidan vafot etdi. 

6. 2006 yil avgust, Daniya. Mamlakat havaskorlar ligasi o‘yinida kuchli elektr tokiga ega chaqmoq 17 yashar futbolchini nishonga olgan. U, ikki kundan so‘ng, shifoxonada hayot bilan vidolashgan.

5. 2006 yil iyun, Rossiya. Samara viloyati Suxodol qo‘rg‘onida tashkil etilgan futbol bahsida chaqmoq Yevgeniy Kirsanovning o‘smirlar jamoasi o‘yinchisini nobud qildi. 

4. 2003 yil dekabr, JAR. Yohannesburg shahridagi futbol o‘yini vaqtida yashin maydonning qoq markaziga tushgani sababli, bir o‘yinchi shu yerning o‘zida halok bo‘lgan, 6 nafari shifoxonaga yotqizilgan. 

3. Kolumbiya. 2003 yil oktabr oyida yashin “Deportivo” o‘yinchilariga kelib urilgan edi. Milliy terma jamoaning sobiq o‘yinchisi Erman Gaviya hodisa oqibatida halok bo‘ldi. 

2. Gvatemala. 2002 yil yozida maydonni tribunadan ajratib turuvchi temir to‘singa kelib urilgan yashin ikki futboolchining umriga zomin bo‘ldi.

1. 2007 yil iyulida Kambojadagi futbol o‘yinida yashin urishi 3 futbolchining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan edi. 

Top