O‘zbekiston | 16:07 / 23.09.2016
20174
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bilan savdo sohasidagi asosiy vazifani belgilab berdi

22 sentabr kuni Qozog‘iston respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminning O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev ishtirokidagi muzokaralarda qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va kelgusidagi istiqbollari, sanoat sohasida hamda transport va tranzit tashish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama etilgan.

«Birgalikda ishlab davlatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash sohasidagi salbiy an'analarni bartaraf etishimiz kerak. Bizda foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Istiqbolda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollargacha yetkazishimiz zarur», — deya qayd etgan Mirziyoyev.

Mavzuga oid