Jahon | 15:12 / 23.09.2016
9662
1 daqiqa o‘qiladi
Suriya samolyotlari Halabda yana bombardimon ishlarini amalga oshirdi
Harbiy samolyotlar Halab sharqida Suriya hukumati urush qaytadan boshlangani haqida e'lon qilishidan bir necha soat o‘tib keng ko‘lamli bombardimon ishlarini amalga oshirishdi. Bu haqda qutqaruvchilar va huquq faollariga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Rossiya samolyotlari havodan qo‘llab-quvvatlab borayotgan Suriya harbiylari Halab viloyati sharqiga, kamida 250 ming kishi istiqomat qiladigan hududga keng ko‘lamli hujum boshlagan.
Suriya hukumati oxirgi bombardimonlar haqidagi xabarga munosabat bildirmadi, qurbonlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
23:51 / 24.11.2020
Halabdagi portlash sabab 15 kishi halok bo‘lgani aytildi
09:49 / 02.08.2018
Suriya hukumati Halabni qayta tiklashga kirishdi
10:23 / 30.04.2018
OAV Suriya bazalariga hujum haqida qo‘shimcha ma'lumot berdi
09:38 / 30.04.2018