O‘smir yangi iPhone 7 smartfonini buzishiga 24 soat kifoya qildi
19 yoshli amerikalik xaker Luka Todesku yangi iPhone 7 smartfonini 24 soat davomida urinib, buza oldi. U bu haqda o‘zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.
Todesko sahifasiga joylagan suratda so‘nggi iOS dasturida ishlayotgan iPhone 7 va ishga tushirilgan Cydia ilovasini ko‘rish mumkin. U, boshqa ilovalarni o‘rnatish imkonini beradi. Xaker shuningdek, iOS 10 dasturida ishlayotgan iPad planshetining buzilishi tasvirga olingan videolavhani ham joylashtirgan.
iOS dasturining Jailbreak deb nomlanuvchi buzilishi qurilmaning fayllar tizimiga ulanish imkonini beradi. Jailbreak qilingan telefonlarning virusli dasturlar bilan zararlanish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Chunki, ishga tushiriladigan dasturlar norasmiy manbalardan olinadi.
Bo‘lajak xaker foydalanuvchilarga o‘z qurilmasini Safari yordamida buzishni taklif qilmoqchi.
Luka bu ish oson emasligini ta'kidlagan.
«Ular mening hayotimni qiyinlashtirishgan. IPhone 7 — to‘g‘ri yo‘nalishdagi navbatdagi qadam. Lekin aytishim mumkinki, u 100 foizga himoyalanmagan, xuddi boshqa qurilmalar kabi», degan Todesko tvitterida.
U ishi tafsilotlarini keltirmagan. U tafsilotlarni muammoni tuzatishda yordam beruvchi patchlar chiqmagunicha bildirmoqchi emas.
Mavzuga oid
12:18 / 21.07.2024
Samarqandda xaker yigit taniqli boylarni aldab pullarini o‘zlashtirdi
19:07 / 14.01.2022
Rossiyada AQSh so‘rovi bilan yirik kiberguruh a’zolari qo‘lga olindi
14:30 / 26.09.2021
“Stavka ortidan kiberjinoyat olamiga kirib qolaman deb o‘ylamagandim” - Rossiyada hakerlik qilgan o‘zbek yigit hikoyasi
21:38 / 13.11.2020