AQSh Rossiya orqali Damashqqa uzrini yetkazdi
AQSh Dayr-az-Zor shahridagi suriyalik harbiylarga aviazarba yo‘llagani bois o‘z uzrini yo‘lladi. Bu haqida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 24 sentabr kuni "Rossiya-1" telekanali efirida ma'lum qildi.
Lavrovning AQSh bosh kotibi bilan uchrashuvi 20 sentabr, seshanba kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi.
"Men davlat bosh kotibi Jon Kerri, keyin esa Suriyani qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro guruh uchrashuvida Dayr-az-Zordagi vaziyat Halabdagi vaziyatdan farqli o‘laroq ikki yildan ortiq vaqt davomida barqaror bo‘lganligini aytdim. Halabda esa suriyalik harbiylar IShID qurshovida", - dedi Lavrov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar havodan berilgan aviazarbaning xato bo‘lganligini tan olishgan va buning uchun Rossiya orqali suriyaliklardan uzr so‘rashgan.
Xalqaro koalitsiya 17 sentabrda Dayr az-Zor aerodromi yonidagi Suriya armiyasiga aviazarba berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, unda 83 kishi halok bo‘lgan, 100 nafardan ortig‘i jarohatlangan. Pentagon buni qasddan qilmaganini ma'lum qildi, ular IShID pozitsiyalariga zarba bermoqchi bo‘lishgani ta'kidlandi.
Daniya va Buyuk Britaniya mudofaa idoralari reydlarda ularning samolyotlari ishtirok etgani va zarba hukumat harbiylariga berilgani haqida Rossiya tomonidan xabar olinganidan keyin hujum darhol to‘xtatilganini ma'lum qilishdi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024