Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 mamlakatlari haydovchisiz avtomobil texnologiyalarini rivojlantiradi
"Katta yettilik" mamlakatlari transport vazirlari muqobil avtomobil texnologiyalarini rivojlantirish va tarqatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhni tuzishga kelishib oldi. Bu haqda, Yaponiyaning Karuidzava shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlis yakunida ma'lum qilindi.
Kyodo agentligi xabar qilishicha, xususan G7 mamlakatlari "avtomobillarni haydovchisiz boshqarish texnologiyalaridan tijoriy maqsadlarda foydalanishni tezroq yo‘lga qo‘yishda yetakchilikni qo‘lga olish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi".
Qayd etilishicha, Yaponiya hukumati muqobil harakatlanuvchi avtomobil texnologiyalarini rivojlantirish masalasiga juda jiddiy qaramoqda. Mamlakat hukumati 2030 yilga kelib Yaponiya ko‘chalaridagi har beshinchi mashina muqobil boshqariluvchi transport vositasi bo‘lishga erishish niyatida.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
08:30 / 09.06.2026
O‘z davridan ming yillar oldin yaratilgan 8 texnologiya
20:36 / 06.06.2026