21:47 / 24.09.2016
5106

“Manchester Siti” yana “Suonsi”dan ustun keldi

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini  juda ishonchli o‘tkazayotgan “Manchester Siti” 6-turda “Suonsi”ga qarshi safarda to‘p surdi. Mehmonda o‘ynaganiga qaramay, “shaharliklar” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bir hafta oldin bu jamoalar Angliya Liga Kubogida o‘zaro to‘qnash kelishgan va o‘shanda “Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Dastlab, o‘yinning 9-daqiqasidayoq Serxio Aguero hisobni ochdi. Biroq, oz vaqtdan so‘ng, 13-daqiqaga kelib, Fernando Lorente muvozanatni tikladi.

Ikinchi bo‘limning 65-daqiqasida yana Aguero penaltidan o‘z imkoniyatini boy bermadi va hisobni 1:2 ko‘rinishga olib keldi.

77-daqiqada esa Rahim Sterling raqib darvozasiga uchinchi to‘pni yo‘lladi. Shunday qilib, “Manchester Siti” APLning qatorasiga olti turida g‘alaba qozondi va peshqadamlikni saqlab qoldi.

Angliya chempionati
6-tur

"Suonsi" – "Manchester Siti" 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 9 Aguero, 1:1 – 13 Lorente, 1:2 – 65, penalti Aguero, 1:3 – 77 Sterling.
"Suonsi" – Fabianski, van der Xorn, Noton, Ranxel, Amat, Britton (Baston, 79), Kork (Ki Son Yen, 73), Fer, Sigurdsson, Rautlej (Barrou, 73), Lorente.
"Manchester Siti" – Bravo, Stounz, Kolarov, Sanya (Sabaleta, 78), Otamendi, Gyundogan (Fernando, 68), Fernandino, Silva, Sterling, de Bryuyne (Navas, 81), Aguero.
Ogohlantirishlar: Sanya (31), Fernandino (37), Amat (58), van der Xorn (64), Sterling (77), Kolarov (87).

Manba: Tribuna.Uz

Top