Sport | 22:28 / 24.09.2016
4628
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chempionati, 8-tur: TsSKA va "Krasnodar" durang o‘ynadi

Moskvaning "TsSKA" klubi Rossiya chempionatining 8-turida o‘z maydonida "Krasnodar" bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd qildi.

Armiyachilar safida Lasina Traore 3-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar safida esa Fedor Smolov 15-daqiqada javob to‘pini kiritdi. "Krasnodar" hujumchisi joriy mavsumda chempionatdagi 8-golini kiritdi va bu natija bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda. 

Hamyurtimiz Odil Ahmedov "Krasnodar"ning asosiy tarkibida maydonga tushib, o‘ng qanot yarim himoyasida 73 daqiqa to‘p surdi va so‘ngra almashtirildi.

Musobaqa jadvalida "TsSKA" 18 ochko bilan 2-o‘rinni, "Krasnodar" esa 12 ochko bilan 5-o‘rinni egallamoqda.

Keyingi turda "TsSKA" mehmonda 2 oktabrda "Rostov" bilan o‘ynaydi, "Krasnodar" esa shu kuni o‘z maydonida "Rubin"ni kutib oladi.

Ikkala klub ham yevrokubok musobaqalarida ishtirok etmoqda. "TsSKA" 27 sentabrda Chempionlar Ligasida o‘z maydonida "Tottenxem"ni, Odil Ahmedov jamoasi "Krasnodar" esa Yevropa kubogida 29 sentabrda o‘z maydonida "Nitstsa"ni qabul qiladi.

 

manba:tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid