Ötgan dam oliş kunlari Rossiyaning bir neça regionlarida kuçli yomğir yoğdi. Moskvaning ayrim rayonlarida oylik me’yorning deyarli yarmi tuşib ulgurgan, dovul oqibatida daraxtlar qulagan, Yangi Arbat, Kutuzovskiy prospekti va boşqa köçalarni, şuningdek, yer osti avtoturargohlarini hamda Leningrad vokzali binosini suv bosgan. OAVning xabar berişiça, Zyuzino rayonida bir kişi suvda sapbordda harakatlanib, haydovçilarga maşinalardan tuşişda yordam körsatişiga töğri kelgan (suv sathi eşik örtasigaça yetgan). Moskva yaqinidagi Mitişçada Olimpiya prospektidagi estakada qisman suv ostida qolgan.
Krasnodarda ham 12 iyundan buyon suv toşqinlari kuzatilgan, bu yerda ikki kun töxtovsiz yomğir yoqqan. Suv oqimi tufayli ayrim köçalarda harakat töxtatilgan. Mahalliy OAV köçalarda qayiqlarda suzib yurgan odamlar va kölmaklarda çömilayotgan bolalar aks etgan videolarni e’lon qilmoqda. Yertölalarni suv bosgan. 14 iyun kuni ertalab Krasnodar ölkasining Qrim rayonidagi bir neça qişloqlarda töğon yorilişi tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Kuban rasmiylari Krasnodar, Labinsk va Kalinin rayonlarida kommunal xizmatlar suv bosgan hududlardan suvni tortib olayotgani haqida ma’lum qildi. Uşbu hududlarda jami 108 ta uy atrofi va 84 ta turar joy binosining yertölalarini suv bosgan.
Çelyabinsk ma’muriyati «bunday kuçli yomğirni birgina yomğir suvlari kanalizatsiyasi orqali nazorat qilib bölmasligi»ni ta’kidlagan. Şahar köçalarini suv bosgan, avtobuslar poliga suv kirib ketgan. Mahalliy aholi vakillari jurnalistlarga avtomobillar suv ostiga kirib ketayotgani, şahar böylab harakatlaniş qiyinlaşgani haqida xabar bergan. Suv köplab avtomobillardagi davlat raqamlari oqizib ketgan.
Sverdlovsk oblastida kuçli yoğingarçilik tufayli Şilovka qişloğidagi Şaytanka daryosidagi töğondan suv toşib































