Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 yoshli beysbol yulduzi Xose Fernandes qayiqda halokatga uchradi
15 yoshida Kubadan Amerikaga qochib kelgan hamda keyinchalik Miami Marlins beysbol jamoasining yulduziga aylangan Xose Fernandes yakshanba kuni qayiqda halokatga uchrab, hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqida Florida hukumati xabariga asoslanib, CNN nashri ma'lum qildi.
Floridaning Baliqchilik va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish komissiyasi matbuot kotibi Lorentso Velozning so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli Xose Fernandes va uning ikki do‘sti Mayami-Harbor (Florida shtati)da qayiqda harakatlanayotib, halokatga uchrashgan - ularning qayig‘i qoyatoshlarga urilib, ag‘darilishi natijasida yigitlarning uchalasi ham hayotdan ko‘z yumgan.

Qirg‘oq muhofazasi xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 3:15da patrul paytida qoyatoshlarga urilib, ag‘darilib yotgan qayiqni ko‘rishgan.
Ikki kishining jasadi qayiq ostidan, yana bir kishining tanasi esa qoyatoshlar ustidan topilgan. Beysbol yulduzidan boshqa ikki kishining ismi hozircha oshkor etilmagan, ularning ham yoshi 20dan oshganligi qayd etilgan, xolos. Manbada yigitlar Fernandesning do‘sti bo‘lganligi ta'kidlangan. Qayiqni sportchi boshqarmagan, u yo‘lovchi bo‘lganligi qayd etilgan.
Veloz Fernandesning o‘limi Miami Marlins jamoasi, beysbol va umuman uni taniganlar uchun katta yo‘qotish bo‘lganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
19:07 / 27.06.2026
“Hokimiyatdan kelgan topshiriqni deb, bolamga kuyib o‘tiribman” – o‘lim bilan tugagan "Andijon polkasi" tafsilotlari
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
09:07 / 14.05.2026
Rossiyada qurilishda baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
18:39 / 25.02.2026